56
26-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT
1. MS Access 2010 ning
Режим–Конструктор bo‘limidan foydalanib
o‘quv darsliklarining nomi, muallifi, yaratilgan yili, hajmi haqida ma’lumot
beruvchi jadval yarating.
2. MS Access 2010 ning
Создание–Конструктор таблиц bo‘limini
tanlab uchta jadval hosil qiling (birinchi jadvalda O‘zbekiston
Respublikasining
viloyatlar, ularning maydoni,
ikkinchi jadvalda viloyat
aholi soni, zavod va fabrikalar, uchinchi jadvalda
Toshkent shahrining
maydoni, aholisi, zavod va fabrikalar to‘g‘risida ma’lumot bersin).
3. MS Access 2010 da
Главная bo‘limining
Итоги bandi orqali
ustulardagi 10
sonning eng kattasini, eng kichigini, o‘rta arfimetigini va
yig‘indisini hisoblang.
4. MS Access 2010 da quyidagi jadvalni hosil qiling:
27-DARS. MS ACCESS 2010 DA JADVALLARNI O‘ZARO
BOG‘LASH
MS Access 2010 da MOBT jadvallarni bir-biri bilan bog‘lash
katta
ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki, MOBT bir nechta jadvallar hosil qilish
va ulardagi kerakli ma’lumotlarni bir joyga jamlashda foydalaniladi. MS
Access 2010 da jadvallarni bog‘lash uchun
Работа с базами данных
menyusining Схема данных bo‘limidan amalga oshiriladi.
Jadvallarni
bog‘lash va ushbu jadvallarni so‘rovlar yordamida bitta jadvalga
birlashtirish uchun
Создание menyusining
Конструктор запросов
bo‘limidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: