Informatika va axborot


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

4. Delphi oynalari.
Delphi ning asosiy oynasidan tashqari yana bir 
qator oynalari bo‘lib, ularning asosiy oyna ichida joylashishini o‘zgartirish, 
ularni yashirish, ekranga chiqarish, o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Bu 
oynalardan birinchi 
forma oynasi 
deb ataladi va unda yaratilayotgan 
ilovaning asosiy oynasining ko‘rinishi aks etadi. Bu oynaning o‘lchamlarini 
o‘zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirish 
mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalarni 
sichqoncha yordamida sudrab o‘tkaziladi va ularning o‘zaro joylashishi 
rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib 
ilova oynasi
deb ataymiz. U bilan ishlash uning o‘lchamlarini o‘zgartirish, unga yangi 
boshqarish elementlarini joylash va bu elementlarning joylashishini 
o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi muhim oyna bu 
dastur kodi
(aslida dastur matni) oynasi bo‘lib, 
ilova oynasidagi o‘zgarishlar unda avtomatik tarzda aks etadi. Masalan, biz 


85 
ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirsak, dasturning buni amalga 
oshiradigan operatori uning matniga qo‘shiladi. Ilova oynasiga yangi 
boshqarish elementlari joylansa, bu elementlarni tavsiflovchi operatorlar 
avtomatik ravishda dastur matniga qo‘shiladi.
Dastur kodi oynasida dasturchi qiladigan asosiy ish boshqarish 
elementlarini hodisalarga bog‘langanida elementning bu hodisa ro‘y 
berganida dastur unga qanday javob berishi kerakligini ko‘rsatib berishdir. 
Bunda har bir hodisa uchun bitta protsedura yaratiladi va bu protsedura 
matnini yozish dasturchi zimmasiga yuklanadi. 
Vizual 
dasturlashda 
dasturchining 
asosiy 
vazifasi 
dasturda 
foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya’ni obyektlarning kerakli 
xossalari va amallaridan foydalanishdir. Bunda yuzdan ortiq obyektlarning 
o‘nlab xossalari va usullaridan keraklisini tezda topa olish juda muhimdir. 
Bu ishda 
Obyekt inspektori
ning o‘rni juda katta.
Ilova oynasida biror obyekt tanlanganda bu obyektning barcha xossalari 
obyekt inspektorida aks etadi. Natijada kerakli xossaning nomi va 
qiymatlarini eslashga va qidirishga hojat qolmaydi. 
Yirik va murakkab ilovalarni yaratishda unda foydalaniladigan 
obyektlar keskin oshib ketadi. Ilovadagi obyektlardan keraklisini topishning 
oson usuli bu 
Object TreeView
(Obyektlarning daraxtsimon ro‘yxati) deb 
nomlangan maxsus oynadan foydalanishdir. Bu oyna yana 
Obyektlar 
brauzeri
deb ham ataladi. Obyektlardan biri ikkinchisini o‘z ichiga olishi 
mumkin. Shu sababli obyektlarning daraxtsimon (shoxlovchi) ro‘yxati eng 
qulay ro‘yxatdir. 
Delphi
da yana bir nechta asosiy va ko‘plab muloqot oynalari bo‘lib, 
ular bilan keyinroq, zarur bo‘lganda tanishamiz. 
5. 
Delphida loyihalar yaratish va saqlash.
Delphi
da yaratiladigan 
ilovalar 
proyektlar
(
loyihalar
) deb ataladi va maxsus 
Projects
papkasida 
saqlanadi. Ular 
Pascal
da yaratilgan ilovalardan ancha murakkab bo‘lib, 
ularni saqlash uchun bir nechta fayl kerak bo‘ladi.
Pascal
da yaratilgan dasturni saqlash uchun bitta fayl yetarli va unda 
yaratilgan barcha dasturlarni bitta papkada saqlash mumkin. Lekin 
Delphi
da 
bunday qilib bo‘lmaydi, chunki turli loyihalarning bir xil nomli fayllari 
birining o‘rniga ikkinchisini saqlab qo‘yadi. Natijada loyihalar noto‘g‘ri 


86 
ishlaydi va ular orasida nifoqlar kelib chiqadi. Shuning uchun yangi loyiha 
bilan ishlashdan oldin bu loyiha uchun yangi papka yaratish lozim. 
Delphi
da mavjud loyiha asosida yangi loyiha yaratishda ham ehtiyot 
bo‘lish kerak. Loyihaga o‘zgartirish kiritilishi bilan bu o‘zgarishlar loyiha 
fayllarida avtomatik tarzda saqlab qo‘yiladi va avvalgi loyihani qayta 
tiklashning iloji bo‘lmaydi. Shu sababli mavjud loyiha asosida yangi loyiha 
yaratishdan oldin mavjud loyihani yangi nomli boshqa papkaga ko‘chirib 
olish kerak bo‘ladi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling