122
obyektlar ham bor. Ulardan biri obyektlar
panelining standart jildida
joylashgan
ListBox
(Ro‘yxat qutisi) boshqarish obyektidir:
ListBox
obyekti ekranga variantlar ro‘yxatini chiqaradi. Agar bu
ro‘yxat uzun bo‘lib, u obyektga ajratilgan joyga sig‘masa, uning o‘ng
tomonida vertikal surgich paydo bo‘ladi. Uni surib ro‘yxatning
kerakli
joyiga o‘tish mumkin.
ListBox
obyektining xossalarining ko‘pchiligi
RadioGroup
obyekti
xossalari bilan bir xil. Uning Items xossasi yordamida ro‘yxat elementlari
kiritiladi. ItemIndex xossasida ro‘yxatning tanlangan
elementining tartib
raqami saqlanadi. Bu yerda ham tartib raqami 0 dan boshlanadi.
Columns
xossasi ro‘yxat ekranga nechta ustun bo‘lib chiqishini
ko‘rsatadi. Agar uning qiymati 0 bo‘lsa, ro‘yxat ustunlarga bo‘linmaydi.
ListBox
ning
Columns
xossasidan faqat juda zarur bo‘lganda
foydalanish
lozim. Chunki bir nechta ustunlarga joylashgan ro‘yxat ro‘yxatga ham
o‘xshamay qoladi.
2. ComboBox boshqarish obyekti va uning xossalari.
ComboBox
(yashirin ro‘yxat qutisi) obyekti oldingilariga nisbatan ancha qulay bo‘lib,
123
undan ko‘proq foydalaniladi. Uning qulay tomoni u kiritish maydonchasi
Edit
kabi kam joy oladi. Uning o‘ng tomonidagi
uchburchak shaklidagi
tugmani bosib, yashirin ro‘yxatni ekranga chiqarish mumkin.
Yuqoridagi rasmda
Word
matn muharririning
shrift muloqot
darchasidagi yashirin ro‘yxatlar qizil ramkalarda ko‘rsatilgan.
Bu obyektning ham ko‘p ishlatiladigan xossalari
Items
,
ItemIndex
va
Column
lardir.
Do'stlaringiz bilan baham: