153
66-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT
1. Piksellar ilovasida ikki rangning aralashishiga uchinchi rangni ham
qo‘shing. Buning uchun piksellar ilovasining
qizil va yashil ranglar
aralashtiriladigan variantini yuklab oling.
1.1. Unga bitta
SpinEdit
obyektini joylang.
Uning xossalaridan
quyidagilarni o‘zgartiring.
MaxValue:=255; Value:=130; Increment:=5;
1.2.
Ilovaning
dastur
kodida
rang:=RGB(i,j,0);
operatorini
rang:=RGB(i,j,SpinEdit1.Value);
bilan almashtiramiz.
1.3. Ilovani ishga tushirib ko‘k rangning qizil va yashil ranglar
aralashmasiga ta’sirini o‘rganing:
2. Piksellar ilovasining boshqa variantlariga
ham uchinchi asosiy
rangni qo‘shib, o‘zgarishlarni kuzating. Quyidagi rasmda yashil rangning
qizil va ko‘k ranglar aralashmasiga ta’siri ko‘rsatilgan.