64-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT
1. Yangi ilova yarating. Unda koordinata sistemasini chizing.
Koordinata o‘qlarining nomlarini va undagi sonlarni rasmga kiriting.
2. Yangi ilova yarating. Unga kompyuter faylida joylashgan rasmni
yuklang. Rasm faylining nomini rasmning o‘ng burchagiga joylang.
3. Yangi ilova yarating. Unga bir necha rangdagi ellips yoylarini
joylang.
4. Yangi ilova yarating. Unga bir necha xil doira segmentlarini
joylashtiring.
5. Yangi ilova yarating. Unga ichma ich joylashgan 10 ta ellips
segmentini joylang.
Ilovaga oynasiga Image obyektini joylang.
Ilova oynasining bo‘sh joyida sichqonchani ikki marta chertib, quyidagi
protsedurani kiriting.
procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject);
var i:integer;
begin
for i:=10 downto 1 do
image1.Canvas.Chord(100-10*i,100-
10*i,100+10*i,100+10*i, 0,100,100,0);
end;
Ilovani ishga tushiring.
149
65-DARS.
GRAFIK VA ANIMATSION ILOVALARGA
MISOLLAR
1. Ranglar palitrasi.
Piksellar xossasi yordamida qizil va yashil
ranglarni turli ulushda aralashtirishdan hosil bo‘ladigan 65536 ta rangli
piksellarni ekranda tasvirlaydigan ilova yaratamiz. Ilovaga
Image
(256×256) va
Button
obyektlarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek
joylaymiz.
Button
tugmasini ikki marta bosib, dastur kodiga quyidagi
protsedurani kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i,j,rang:integer;
begin for i:=0 to 255 do
for j:=0 to 255 do begin rang:=RGB(i,j,0);
Image1.Canvas.Pixels[i,j]:=rang; end; end;
Ilovani ishga tushirib, qizil va yashil ranglarning aralashib, sariq rang
hosil bo‘lishini ko‘ramiz:
Ilovadagi
rang:=RGB(i,j,0);
operatorini
rang:=RGB(i,0,j);
ga
almashtirib,
qizil
va
ko‘k
ranglarning
aralashib
pushti
rang,
rang:=RGB(0,i,j);
ga almashtirib, yashil va ko‘k ranglarning aralashib havo
rang hosil bo‘lishiga amin bo‘lamiz:
150
Do'stlaringiz bilan baham: |