Informatika va axborot


 Ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirish


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

3. Ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirish. 
Avvalgi
mashg‘ulotda yaratilgan muntazam burchakning diagonallari nomli ilova 
ishini avtomatlashtiramiz. Undagi tugmani bosganimizda ilova avtomatik 
tartibiga o‘tsin va har sekundda ko‘pburchakning burchaklari sonini bittaga 
oshirib, uning barcha diagonallarini chizib chiqsin. Tugma yana bir marta 


142 
bosilganda avtomatik tartibdan chiqib, kutish tartibiga o‘tsin. Tugma yana 
bir marta bosilganda ilova o‘z ishini davom ettirsin.
Ilovani 
Delphi
ga qayta yuklab, unga 
Timer
obyektini joylaymiz. Uning 
Enabled
xossasining qiymatini yolg‘onga o‘tkazamiz. 
Button1 
tugmasining 
sarlavhasini 
Start
ga o‘zgartiramiz. Bu tugmani ikki marta bosib, hosil 
bo‘lgan protseduraga quyidagi ikki operatorni kiritamiz: 
Form1.Timer1.Enabled:=not Form1.Timer1.Enabled; 
if Form1. Timer1.Enabled =True then 
Form1.Button1.Caption:='Stop' else 
Form1.Button1.Caption:='Start' 
Birinchi qatordagi operator 
Timer1
ning faolligini 
Enabled
xossasi 
yordamida teskarisiga o‘zgartiradi. Ikkinchi operator esa tugmadagi yozuvni 
Enabled
qiymatiga qarab 
Stop
yoki 
Start
qilib o‘zgartiradi. 
Timer1
ni ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi uch 
operatorni kiritamiz: 
Form1.SpinEdit1.Value:=form1.SpinEdit1.Value+1; 
if Form1.SpinEdit1.Value>40
then Form1.SpinEdit1.Value:=3; diagonallar; 
Bu operatorlardan birinchisi 
SpinEdit1
ning qiymatini bittaga oshiradi. 
Keyingi operator bu qiymat 40 dan oshib ketsa, uni 3 ga teng qilib qayta 
aniqlaydi. Uchinchi operator berilgan ko‘pburchakning diagonallarini chizib 
chiqadi.
Ilovani 
ishga 
tushirib, 
undagi 
tugmani 
bosamiz. 
Ekrandagi 
ko‘pburchaklarning diagonallarini chizilishini kuzatamiz. Kerak paytda 
tugmani yana bir marta bosib, ilova ishini to‘xtatib turamiz va ekrandagi 
ko‘pburchak diagonallarini batafsil ko‘rib chiqamiz. So‘ng tugmani yana bir 
marta bosib, keyingi ko‘pburchaklarning chizilishini tiklaymiz. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling