Informatika va axborot
-DARS. Timer OBYEKTI VA UNDAN FOYDALANISH
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
61-DARS.
Timer OBYEKTI VA UNDAN FOYDALANISH 1. Timer obyektining xossalari. Ba’zan ilovada vaqtga bog‘liq amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ilovada joriy vaqtni ko‘rsatuvchi soat bo‘lsa, har sekundda ko‘rsatilayotgan vaqtni yangilab turish kerak. Aks holda soatdagi vaqt orqada qolib ketadi. Test dasturida 139 topshiriqni bajarish uchun ma’lum vaqt ajratiladi. Bu vaqt tugagach, test topshirish ham tugaydi. Taqdimotda har o‘n (yoki yigirma) sekunddan keyin yangi varaq ekranga chiqariladi. Animatsion ilovalarda harakatlanayotgan shaklning holati sekundiga bir necha marta yangilanib turadi. Bu misollarning barchasida Timer (taymer deb o‘qiladi) obyektidan foydalaniladi. Taymer obyektining o‘ziga xos xususiyati uning ekranda ko‘rinmasligidir. Shunga qaramay, agar taymer faol holatda bo‘lsa, u berilgan vaqt oralig‘i o‘tishini kutadi. Bu vaqt oralig‘i o‘tgach, ilova o‘z ishini vaqtincha to‘xtatib, taymerning maxsus protsedurasi bajariladi. Bu protsedura bajarilgach, ilova yana o‘z ishini davom ettira veradi. Taymer obyekti obyektlar panelining System (Tizim) jildida joylashgan: Taymer obyektining bor-yo‘g‘i ikkita xossasi bor. Ulardan birinchisi bizga boshqa obyektlardan tanish bo‘lgan Enabled (faol)dir. Bu xossa rost va yolg‘on qiymatlarni qabul qiladi. Uning qiymati True (rost) bo‘lishi bilan taymer ishga tushadi. Qiymati False bo‘lishi bilan taymer o‘z ishini to‘xtatib turadi. Dastlab bu xossaning qiymati True ga teng. Taymerning ikkinchi xossasi Interval bo‘lib, unda taymer keyingi marta qancha vaqtdan keyin ishga tushishi ko‘rsatiladi. Bu vaqt millisekundlarda o‘lchanadi. Agar taymer har ikki sekundda bir martadan ishga tushishi kerak bo‘lsa, interval xossasi 2000 ga teng qilib o‘rnatiladi. Dastlab uning qiymati 1000 ga teng bo‘ladi. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling