Informatika va axborot
Elektron soat va Taymer ilovasi
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taymer ilovasi.
2. Elektron soat va Taymer ilovasi.
Elektron soat ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng qilib o‘rnatamiz: 140 Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Label1.Caption:=TimeToStr(Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir) bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng: Ikkinchi funksiya TimeToStr ( Time to String ) vaqt turidan matn satri turiga degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, uning qiymati matn satri turida bo‘ladi. Bu qiymatni Label1 obyektining Caption xossasiga berish mumkin. Taymer ilovasi. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga Label , Button , SpinEdit va Timer obyektlarini joylaymiz. Label va Button sarlavhalarini QOLGAN VAQT : va START larga o‘zgartiramiz. SpinEdit ning xossalarini quyidagicha o‘rnatamiz: 141 SpinEdit1.MaxValue:=100; SpinEdit1.Value:=30; SpinEdit1.Enabled:=False; Button tugmasini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Timer1.Enabled:=True; operatorini kiritamiz. Timer ni ikki marta bosib, TForm1.Timer1Timer protsedurasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz: SpinEdit1.Value:=SpinEdit1.Value-1; if SpinEdit1.Value=0 then begin Timer1.Enabled:=False; ShowMessage('VAQT TUGADI.'); Form1.Close; end; Bu protsedura har safar ishga tushganda, uning birinchi satridagi operator SpinEdit ning qiymatini bittaga kamaytiradi. Ikkinchi satrdagi operator SpinEdit ning qiymati 0 ga teng bo‘lganligini tekshiradi. Agar 0 bo‘lsa, to‘rtinchi satrdagi operator taymer ishini to‘xtatadi, beshinchi satrda ekranga muloqot darchasini chiqariladi. Bu oyna yopilishi bilan oltinchi satrdagi operator ilova oynasini yopadi va ilova o‘z ishini tugatadi. Ilova ishga tushganda taymerning vaqtini SpinEdit da o‘rnatamiz va Start tugmasini bosib, taymerni ishga tushiramiz. Taymerdagi vaqt kamayib boradi va u tugashi bilan ekranga muloqot darchasi chiqadi. Uni yopishimiz bilan ilova ham o‘z ishini tugatadi. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling