Informatika va axborot


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

58-DARS. NAZORAT ISHI
 
Quyida nazorat ishi varianti namunalari keltirilgan: 
1-variant 
1.
CheckBox
obyekti va uning asosiy xossalari.
2.
Memo
obyektiga matn satrlarini kiritish.
3. Dastlabki 10 toq sonni ekranga chiqaradigan ilova yarating.
2-variant 
1.
RadioGroup
obyekti va uning asosiy xossalari.
2.
Memo
obyektining 
ReadOnly
xossasi.
3. Dastlabki 15 juft sonni ekranga chiqaradigan ilova yarating.
3-variant 
1.
ListBox
obyekti va uning asosiy xossalari.
2.
Memo
obyektining 
Text
xossasi.
3. Dastlabki 8 ta 7 ga karrali sonni ekranga chiqaradigan ilova yarating.
YODDA SAQLANG ! 
Memo
obyektida bir necha ming satr matn joylashishi mumkin. 


132 
4-variant 
1.
ComboBox
obyekti va uning asosiy xossalari.
2.
Memo
obyektining 
Lines
xossasi.
3. Dastlabki 12 ta 5 ga karrali sonni ekranga chiqaradigan ilova
yarating. 
59-DARS. 
DELPHI DA GRAFIKA BILAN ISHLASH
 
1. Delphining grafik imkoniyatlari. 
Delphi
da grafika bilan ishlash
uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bir qator obyektlarning 
Canvas
(polotno, sirt) degan xossasi bo‘lib, uning o‘zi obyekt hisoblanadi. Uning 
xossa va usullaridan foydalanib, bu obyekt egallagan joyda turli shakllarni 
chizish mumkin.
Masalan, 
ilova 
oynasida 
to‘g‘ri 
to‘rtburchak chizish uchun 
Form1.Canvas.Rectangle(10, 20, 200, 100);
operatoridan 
foydalanamiz. 
Listbox1.Canvas.Ellips(0, 10, 60, 50);
esa 
ListBox1
da yarim o‘qlari 30 va 20 ga teng bo‘lgan hamda uchlari (0, 10) va 
(60, 50) nuqtalarda joylashgan to‘g‘ri to‘rtburchakka ichki joylashgan
ellips chizadi.
Bu shakllarni ekranda ko‘rish uchun yangi ilova yaratamiz. Unga 
Button
va 
ListBox
obyektini joylaymiz. 
Button1
tugmasini ikki marta bosib, 
kursor turgan joyga yuqoridagi ikkita operatorni kiritamiz: 
Form1.Canvas.Rectangle(10, 20, 200, 100);
ListBox1.Canvas.Ellips(0, 10, 60, 50);
Ilovani ishga tushirib, undagi tugmani bossak, ekranda to‘rtburchak va 
ellips paydo bo‘ladi. quyidagi rasmdan ham ko‘rinib turibdi-ki, sanoq 
sistemasining boshi sifatida obyektning chap yuqori burchagi olingan. 
Dastlab gorizontal, so‘ng vertikal o‘qlardagi koordinatalar ko‘rsatiladi: 


133 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling