Informatika va axborot
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Microsoft Office Access 2010
- Ma’lumotlar ombori ( MO )
II BOB. MA’LUMOTLAR OMBORI SIZ USHBU BOBNI MUTOLAA QILIB QUYIDAGI BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARGA EGA BO‘LASIZ: ma’lumotlar ombori haqida tushunchalar va ularni boshqarish tizimlari; MS Access 2010 ning asosiy elementlari va maydonlar xususiyati; MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini tashkil etish; MS Access 2010 da jadvallarni o‘zaro bog‘lash; MS Access 2010 da ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash; MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish; MS Access 2010 da matematik amallarni bajarish. Microsoft Office Access 2010 44 20-DARS. MA’LUMOTLAR OMBORI HAQIDA TUSHUNCHA Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi. Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir. Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq. MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir; Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q; Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi. Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling