Informatika va axborot
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
YODDA SAQLANG !
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir. 46 Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi. MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila boshlanadi. MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak: ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim; ma’lumotlar ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. MOBTga ta’rif bering. 2. MOni yaratuvchi qanday dasturiy vositalarni bilasiz? 3. MOning modeli haqida ma’lumot bering. 4. Sinfingiz o‘quchilarining familiyasi, ismi, yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiring. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling