4. Delphi dasturlash muhiti. Delphi
(o‘qilishi Delfi) qadimgi dunyoda
mashhur
bo‘lgan
avliyo
yashagan
ibodatxona
joylashgan
grek
shaharchasining nomi bo‘lib, u avliyo kabi bu dasturlash muhiti ham
ko‘pchilik orasida juda mashhur bo‘lib ketgan. Uning qariyib chorak asr
mobaynida 25 ta varianti yaratilgan bo‘lib, ular
quyidagi uchta guruhga ajratiladi:
Delphi 1
–
Delphi 8
(1995-2003 yillar)
Delphi 2005
–
Delphi 2010
(2005-2009 yillar)
Delphi XE 1
–
Delphi XE 10
(2010-2017 yillar)
Ularning barchasida asosiy (ba’zan yagona)
dasturlash tili
Object Pascal
bo‘lsada, ko‘pchiligida
C++
,
Assembler
da,
oxirgi variantlarida
Java
da, ba’zi versiyalarida hatto
PHP
da ham dastur
yozish mumkin. Oxirgi versiyalari
Windows
ilovalari bilan birga
Android
va
IOS
ilovalarini ham yaratish imkonini beradi.
YODDA SAQLANG ! 1. Vizual dasturlash eng zamonaviy dasturlash usuli hisoblanadi.
2. Dunyoda bir necha million dasturlovchi o’z faoliyatida Delphidan
foydalanadi.
83
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Dasturlashning rivojlanish bosqichlarini sanab bering.
2. Zamonaviy dasturlash muhitlari haqida nimalar bilasiz?
3.
Turbo Pascal
da a) qiymat berish operatori; b) shartli operator
qatnashgan dasturlar tuzing.
4.
Turbo Pascal
da a) tarmoqlanuvchi operator; b) sikl operatori
qatnashgan dasturlar tuzing.
UYGA VAZIFA 1.
Delphi
dasturlash muhitining nechta varianti ishlab chiqilgan va ular
necha guruhga bo‘linadi?