Informatika va axborot
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37-DARS. ILOVA VA UNING OYNASI 1. Delphida yangi ilova yaratish.
- YODDA SAQLANG !
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Delphi komponentalar panellarida nimalar joylashgan? 2. Delphi ilova oynasi qanday vazifa bajaradi? 3. Delphi ilovalari Pascal dagi dasturlardan nimasi bilan farq qiladi? 4. Turbo Pascal da standart funksiya va protsedura qatnashgan ikkita dastur tuzing. 5. Turbo Pascal da yangi funksiya va protsedura qatnashgan ikkita dastur tuzing. UYGA VAZIFA 1. Delphi interfeysi bo‘limlarini yozib oling. 2. Delphi asosiy menyusi bo‘limlarini yozib oling. 37-DARS. ILOVA VA UNING OYNASI 1. Delphida yangi ilova yaratish. Delphi ni ishga tushirish uchun Windows ish stolida Пуск (Boshlash) tugmasini sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosamiz. Hosil bo‘lgan menyudan Все программы (Barcha dasturlar) bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan menyudan Borland Delphi 7 bandini faollashtiriladi. YODDA SAQLANG ! Delphida yuzlab tayyor boshqarish obyektlari mavjud. 87 Natijada Delphi ga oid yangi bandlar hosil bo‘ladi. Ulardan Delphi 7 ni tanlaymiz. Ekranda oldingi darsda tasvirlangan Delphi dasturlash muhitining oynalari paydo bo‘ladi va yangi ilova yaratiladi. Agar menyuning Delphi 7 bandida sichqonchaning chap tugmasining o‘rniga o‘ng tugmasini bosib, mavzubop menyuni chaqirib, undan Закрепить в меню Пуск (Boshla menyusiga joylash) yoki Закрепить на панели задач (Masalalar paneliga joylash) bandlarini tanlasak, Delphi 7 ning yorlig‘i paydo bo‘ladi va uni ishga tushirish osonlashadi. Agar menyuning Delphi 7 bandini sichqoncha bilan surib, ish stolining bo‘sh joyiga olib borib, sichqoncha tugmasini qo‘yib yuborsak, yorliq ish stolida paydo bo‘ladi. Delphi da yangi ilova yaratish uchun uning asosiy menyusining File (Fayl) bo‘limining New (Yangi) bandini va hosil bo‘lgan yangi menyuning Application (Ilova) bandini tanlaymiz. Agar oldingi ilova saqlanmagan bo‘lsa, Delphi bu haqida ogohlantiradi va uni saqlab qo‘yishni taklif qiladi. Bunda eski ilovani saqlab qo‘yish yoki uni saqlamasdan yangi ilovaga o‘tish mumkin. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling