Informatika va axborot
-DARS. BOSHQARISH TUGMASI
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
39-DARS. BOSHQARISH TUGMASI
1. Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash. Oldingi darsdagi birinchi ilovamiz hech qanday vazifani bajarmaydi. Endi bu kamchilikni bartaraf qilamiz. Yangi ilova yaratamiz va uning o‘lchamlarini 225 ga 400 qilib o‘rnatamiz. Sarlavhasini esa ikkinchi dastur deb o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga boshqarish obyekti: boshqarish tugmasini o‘rnatamiz. Uskunalar panelining standart jildida joylashgan boshqarish tugmasini sichqoncha bilan tanlaymiz, keyin sichqonchani ilova oynasi Form1 ning boshqarish tugmasi turishi kerak bo‘lgan joyiga olib kelib yana bir marta bosamiz. Agar uning joyini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, uni sichqoncha bilan surib boshqa joyga o‘tkazamiz. 91 2. Boshqarish tugmasining xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining xossalari bo‘lgani kabi unga joylangan boshqarish tugmasining ham o‘z xossalari bor. Ularni ham o‘zgartirish mumkin. Bu ikki obyektning ko‘pgina xossalari bir xil vazifani bajarishi bu ishni ancha osonlashtiradi. Dastlab boshqarish tugmasi: Button1 ni uning ustida sichqonchaning chap tugmasini keltirib tanlab olamiz. Obyektlar dispetcheri ( Object TreeView ) da Button1 ajralib turadi va Obyekt inspektori ( Object Inspector ) oynasida Button1 obyektining xossalari ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda dastlab Caption xossasida tugmaning sarlavhasini ‘++’ ga o‘zgartiramiz. Bu oldingi darsda qabul qilingan kelishuvga ko‘ra quyidagicha yoziladi: Button1.Caption:=’++’ Tugma sarlavhasi ancha kichik bo‘lgani uchun uni kattalashtiramiz. Buning uchun Font xossasidan foydalanamiz. Uni tanlaganimizda ekranda Шрифт muloqat oynasi paydo bo‘ladi. Uning Размер maydonchasi ostidagi ro‘yxatdan 14 ni tanlab, OK tugmasini bosamiz. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling