Informatika va axborot
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- YODDA SAQLANG !
- UYGA VAZIFA 1. Boshqarish tugmasining asosiy xossalarini yozib oling. 40-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT
3.
Boshqarish tugmasiga hodisalarni bog‘lash. Button1 tugmasi ilovada biron bir vazifani bajarishi kerak. Uni bosganimizda ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini 16 va 9 ga kattalashtirsin. Bajarish. Topshiriqni bajarish bu tugmani ikki marta bosishdan boshlanadi. Natijada ekranda dastur kodi oynasi paydo bo‘ladi. uning kursor turgan joyiga Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; satrlarni kiritamiz. F9 tugmasini bosib, ilovani ishga tushiramiz va uning to‘g‘ri ishlashini tekshirib ko‘ramiz. YODDA SAQLANG ! Ilovada Button1 boshqarish tugmasi bosilganda TForm1.Button1Click protsedurasi ishga tushadi va undagi operatorlar bajariladi. 92 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o‘tkaziladi? 2. Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o‘zgartiriladi? 3. Boshqarish tugmasi tanlanganda uning nima ish qilishi qayerda ko‘rsatiladi? 4. Delphi da yangi ilova yarating. Unga to‘rtta boshqarish tugmasini kiriting. Ulardan birinchisini Yarat , ikkinchisini Yukla , uchinchisini Saqla , to‘rtinchisini Tugat degan yozuv bilan ekranga chiqaring. UYGA VAZIFA 1. Boshqarish tugmasining asosiy xossalarini yozib oling. 40-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 1. Delphi da yangi ilova yarating va uni 01_02 papkaga saqlang. 1.1. Ilovaning sarlavhasini salom, olam! deb o‘zgartiring. 1.2. Ilova oynasiga uchta boshqarish tugmasini bir ustun qilib joylang. 1.3. Birinchi tugmani ikki marta bosing. Ekranda paydo bo‘lgan uning TForm1.Button1Click protsedurasiga begin dan keyin TForm1.Caption:=’salom, ‘+TForm1.Caption; ni kiriting. 1.4. Ikkinchi tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasini quyidagi ko‘rinishga keltiring: procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject); begin TForm1.Left:= TForm1.Left+10; end; 1.5. Uchinchi tugmani ikki marta bosib, uning protsedurasini quyidagi ko‘rinishga keltiring: procedure TForm1.Button3Click(Sender: TObject); begin TForm1.Top:= TForm1.Top+10; end; 1.6. Ilovani ishga tushirib, tugmalar qanday vazifa bajarishini kuzating. Ilova oynasini yopib, uning barcha fayllarini saqlab qo‘ying. Ilovaning barcha fayllarini yoping. 2. Oldingi mashg‘ulotda berilgan mashqni kompyuterda bajaring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling