Informatika va axborot
-DARS. ILOVAGA MA’LUMOTLAR KIRITISH
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
47-DARS.
ILOVAGA MA’LUMOTLAR KIRITISH 1. Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uning xossalari. Har qanday ilova ma’lumotlarni chiqarishi bilan birga unga ma’lumotlarni kiritish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Delphi muhitida buning eng sodda usuli ilova oynasiga Edit (Kiritish maydonchasi) boshqarish obyektini kiritishdir. Bu obyekt boshqarish obyektlarining standart panelida oltinchi bo‘lib joylashgan va uning yorlig‘i . Bu obyektning ko‘plab xossalari ilova oynasi obyekti Form niki kabi. Unda ham Left , Top , Width , Height xossalari bor. Unda Caption xossasi yo‘q. Shuning uchun u odatda Label obyekti bilan birga ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) bo‘lib, unga kiritilgan matn satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir matn satri qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi. Kiritish maydonchasi obyektining yana bir muhim xossasi ReadOnly (faqat o‘qish uchun) deb ataladi. Bu xossaning qiymati mantiqiy kattalik bo‘lib, faqat True (rost) yoki False (yolg‘on)ni qabul qiladi. Dastlab bu xossa qiymati False (yolg‘on) deb o‘rnatilgan. Shu sababli unga ma’lumotlarni kiritish mumkin. 103 Agar bu xossa qiymati True (rost) ga o‘zgartirilsa, u holda unga foydalanuvchi tomonidan ma’lumot kiritib bo‘lmaydi. Lekin ilova undagi ma’lumotlarni o‘zgartira oladi. Bu nimaga kerak, degan savol tabiiy. Edit obyekti Label dan farqli ravishda ramkaga olingan va unga kiritilgan ma’lumot chiroyliroq ko‘rinadi. Agar biz undan ma’lumot chiqarish uchun foydalanmoqchi bo‘lsak, bu ma’lumot foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirmasligini ta’minlashimiz kerak bo‘ladi. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling