Informatika va axborot
Foydalanuvchini qutlash ilovasi
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
3. Foydalanuvchini qutlash ilovasi.
Ilovada foydalanuvchi o‘z nomini va hamma uchun umumiy bo‘lgan parol: “ 12345 ” ni kiritishi kerak bo‘lsin. Buning uchun Delphi da yangi ilova yaratamiz va uning oynasiga ikkita Label , uchta Edit , bitta Button obyektini kiritamiz. Ularning xossalarini obyekt inspektori ( Object Inspector )da quyidagicha o‘zgartiramiz: Form1.Caption:=’Oltinchiilova’;Label1.Caption:=’’; Label2.Caption:=’’;Button1.Caption:=’OK’; Edit1.Text:=’’;Edit2.Text:=’’;Edit3.Text:=’’; Edit2.Passwordchar:=#42;Edit3.ReadOnly:=True; Bu ishlarni bajarib bo‘lgach, Button1 ni ikki marta bosamiz va ekranda hosil bo‘lgan dastur matni oynasida kursor turgan joyga quyidagi operatorlarni bexato kiritamiz: if Edit2.Text='12345' then begin Edit3.Text:='Salom,'+Edit1.Text+'!Xush kelibsiz!'; Edit1.Visible:=False;Edit2.Visible:=False; Label1.Visible:=False;Label2.Visible:=False; Button1.Visible:=False; end else Edit3.Text:='Parol xato, qayta tering.'; Bu operatorlar Button1 tugmasini bosganimizda ishlab ketadi. Ulardan birinchisi Edit2 maydonchasiga kiritilgan parol to‘g‘riligini tekshiradi. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, u holda uchinchi satrdagi operator uchinchi maydonchaga foydalanuvchini tabriklovchi matn satrini chiqaradi. Keyingi uchta satrdagi operatorlar endi keragi bo‘lmay qolgan ikkita Label1 , Label2 , Edit1 , Edit2 va Button1 obyektlarini oynada ko‘rinmaydigan qilib qo‘yadi. Aks holda uchinchi maydonchaga parol xato terilgani haqida xabar chiqadi va qayta urinib ko‘rish mumkin. Quyidagi rasmlarning birinchisida parol noto‘g‘ri terilgandagi, ikkinchisida parol to‘g‘ri terilgandagi holatlari aks etgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling