Informatika va axborot


-DARS.  ILOVADA RADIOTUGMALAR GURUHIDAN


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

53-DARS. 
ILOVADA RADIOTUGMALAR GURUHIDAN 
FOYDALANISH
 
1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar. 
Ko‘pincha bir necha 
variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim 
muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob 
bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin. 
Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, 
o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat 
bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining 
bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham 
keltirish mumkin.
2. RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari. 
Bir necha 
variantdan birini tanlash 
Pascal
da 
case
operatori yordamida bajarilar edi.
Delphi
da buning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi 
RadioGroup 
(radiotugmalar guruhi) deb ataladi. Bu boshqarish obyekti 
obyektlar panellarining standart jildida joylashgan bo‘lib, u o‘ngdan
uchinchisidir: 
Bu obyekt bilan tanishish uchun uni 
ilova oynasiga joylaymiz. Uning asosiy 
xossalaridan 
biri 
shu 
paytgacha 
uchramagan 
Items
(variantlar)dir. 
ObjectInspektorda
bu xossani ikki 
marta bosib tanlaymiz. Bunda ekranda 
uning muloqot darchasi paydo bo‘ladi. 
Unga radiotugma uchun variantlarning 


117 
nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin. Unga to‘rtta variant nomini har birini 
yangi satrdan kiritamiz. Ular matematika, fizika, kimyo va informatika 
bo‘lsin. Muloqot darchasining ko‘rinishi quyidagi bo‘ladi. 
Muloqot darchasida 
OK
tugmasini bosib, kiritilgan variantlarni saqlab 
qo‘yamiz yoki 
Cansel
(bekor qilish) tugmasini bosib, kiritilgan 
variantlardan voz kechamiz. Kiritilgan variantlarni qabul qilsak, ular darhol 
ilova oynasida paydo bo‘ladi:
RadioGroup
ning yana bir muhim xossasi 
ItemIndex
(variant indeksi) 
bo‘lib, unda tanlangan variantning nomeri saqlanadi. Agar hech bir variant 
tanlanmagan bo‘lsa, bu xossa qiymati –1 ga teng bo‘ladi. Obyekt 
inspektorida bu xossani 1 ga teng qilib olamiz. Bu obyektning ham 
Caption
xossasi bo‘lib, unga obyekt inspektorida 
Fan
degan satrni kiritamiz. Bu 
o‘zgarishlar ilova oynasida darhol aks etadi. 
O‘zgarishlarning, birinchi qarashda, g‘alati tomoni ro‘yxatdagi birinchi 
fan: matematika emas, balki ikkinchi bo‘lib turgan fizikaning 
tanlanganligidir. Aslida buning hech qanday g‘alati joyi yo‘q. Faqatgina 
informatikada hisob ko‘pincha 1 dan emas, 0 dan boshlanishini unutmaslik 
kerak:


118 
RadioGroup
xossalaridan biri 
Columns
(ustunlar) deb ataladi. Bu xossa 
radiotugmalar guruhining variantlari nechta ustun bo‘lib joylashishini 
ko‘rsatadi.
Quyidagi rasmda to‘rtta variantli radiotugmalar guruhining bittadan 
beshtagacha ustunlarda joylashishi ko‘rsatilgan. Ulardan quyidagi xulosalar 
kelib chiqadi:
1. Radiotugmalar guruhi uchun ajratilgan joy eni ustunlar orasida teng 
taqsimlanadi.
2. Tugmalar sonini ustunlar soniga bo‘lib, har bir ustunda nechta tugma 
bo‘lishi topiladi. Tugmalar soni kasr son bo‘lsa, katta butun songacha 
butunlashtiriladi. 
3. Har bir ustun tugmalar bilan to‘ldiriladi.
4. Oxirgi ustunlardan biri yoki bir nechtasi bo‘sh bo‘lib qolishi mumkin. 
Bo‘sh ustunlar uchun ham joy ajratiladi:
3. Eng qiziqarli fan ilovasi. 
Qiziqarli fanlar ilovasini bir oz 
o‘zgartiramiz. So‘rovnomada har bir o‘quvchi faqat bittadan fanni ko‘rsata 
olsin. Bu ilovada 
Radiogroup
obyektidan foydalanamiz. Avval uning 
sarlavhasini o‘zgartiramiz va undagi to‘rtta 
Checkbox 
obyektlarini olib 


119 
tashlaymiz. Buning uchun ular ustida navbatma-navbat sichqonchaning 
chap tugmasini bosib, so‘ng klaviaturadagi 
Delete
tugmasini bosamiz: 
Uning o‘rniga yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda 
Radiogroup
obyektini 
joylashtiramiz va unga to‘rtta radiotugmani quyida ko‘rsatilgandek 
kiritamiz. 
Endi 
OK
tugmasini ikki marta bosib uning 
TForm1.Button1Click
protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz: 
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); 
var i:integer;begin 
n[0]:=n[0]+1; 
i:= Radiogroup1.Itemindex; if i>=0 then n[i+1]:=n[i+1]+1; 
Radiogroup1.Itemindex:=-1; end;
Bu protsedura har safar ishga tushganda (ilovadagi 
OK
tugmasi 
bosilganda) ikkinchi qatordagi operator yordamida yangi o‘zgaruvchi: 
i
ni
yaratadi. To‘rtinchi qatorda so‘rovda qatnashganlar sonini bittaga oshiradi. 
Beshinchi qatorda 
Radiogroup1 
da qaysi variant tanlanganini 
i
o‘zgaruvchiga uzatiladi.
Agar bu qiymat 0 dan katta yoki unga teng bo‘lsa, ya’ni biror variant 
tanlangan bo‘lsa, oltinchi qatorda bu variantning tanlanganligi soni bittaga 
oshadi. Yettinchi qatorda variantlar tanlanmagan holga o‘tkaziladi va 
protsedura o‘z ishini tugatadi. Ilova esa keyingi foydalanuvchining tanlovini 
qabul qilishga tayyor turadi: 


120 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling