Informatika va axborot
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 54-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Radiotugmalar guruhi obyektining Items xossasidan nima maqsadda foydalaniladi? 2. Radiotugmalar guruhi obyektining Columns xossasi nima vazifa bajaradi? 3. Ilovaga sinfdoshlaringizning ismlari joylashtirilgan radiotugmalar guruhini joylang. Ulardan biri tanlanib, boshqarish tugmasi bosilganda tanlangan o‘quvchiga uning ismini aytib salom beradigan ilova yarating. 4. Oldingi ilovaga yana fanlar nomi yozilgan va baholar ro‘yxati bo‘lgan yana ikkita radiotugmalar guruhini kiriting. Tanlangan o‘quvchining tanlangan fan bo‘yicha tanlab olingan bahosini ekranga chiqaradigan ilova yarating. UYGA VAZIFA 1. Radiotugmalar guruhi kerak bo‘ladigan vaziyatlarga misol keltiring. 2. Radiotugmalar guruhi RadioGroup obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan? 54-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 1. Yangi ilova yarating va uni 07_01 papkasiga sаqlang. 1.1. Uning oynasiga Test tizimi deb nom bering. YODDA SAQLANG ! Radio tugmalar guruhi bir nechta variantdan bittasini tanlash uchun xizmat qiladi. 121 1.2. Radio tugmalar guruhi yaratib, uning sarlavhasini Test savollari deb o‘zgartiring. Unga 36 ta tugma qo‘yib, ularning nomlarini 1 dan 36 gacha qilib, o‘zgartirib chiqing. 1.3. Ilova oynasiga yangi radiotugmalarning yangi guruhini qo‘shing. Unga Javoblar deb nom bering. Unga to‘rtta tugma qo‘shib, ularning nomlarini A , B , C , D deb o‘zgartiring. 1.4. Ilovani ishga tushirib, unda test savollari va javoblarni tanlab ko‘ring. 1.5. Ilovani saqlang va uni yoping. 2. Yangi ilova yarating va uni 07_02 papkasiga saqlab qo‘ying. 2.1. Uning oynasini Elektron xarid deb nomlang. 2.2. Ilova oynasida radiotugmalar guruhini yarating va unga to‘lov turi deb nom bering. 2.3. Radiotugmalar ro‘yxatiga quyidagi bandlarni kiriting: PayNet; Click; UPay; Uzcard; Naqt; Pul o‘tkazish. 2.4. Ilovani ishga tushirib, to‘lov turini o‘zgartirib ko‘ring. 2.5. Ilovani saqlang va uni yoping. 3. Yangi ilova yarating va uni 07_03 papkasidа saqlang. 3.1. Ilova oynasiga Bitiruvchilar deb nom bering. 3.2. Ilova oynasiga radiotugmalar guruhi obyektini joylang va unga Ta’lim muassasasi deb nom bering. 3.3. Radiotugmalar ro‘yxatiga quyidagi bandlarni kiriting: Umumta’lim maktabi; Akademik litsey; Kasb-hunar kolleji. 3.4. Ilovani ishga tushiring va unda ta’lim muassasasini tanlang. 3.5. Ilovani saqlang va uni yoping. 4. Oldingi mashg‘ulotda berilgan mashqlarni kompyuterda bajaring. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling