Informatika va axborot
-DARS. MA’LUMOT TURINI O‘ZGARTIRISH
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi.
49-DARS.
MA’LUMOT TURINI O‘ZGARTIRISH 1. Ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o‘zgartirish. Yodingizda bo‘lsa, Pascal dasturlash tilida bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi ifodaning qiymatini berib bo‘lmas edi. Delphi da ham bu taqiq o‘rinli. Uni qanday aylanib o‘tish mumkin? Masalan, Button1 obyektining eni ( Width xossasi) qancha bo‘lishi (butun son turi) Edit ning Text xossasidan (matn satri turi) olinishi kerak bo‘lsa, Button1.Width:=Edit1.Text operatoridan foydalanish xatoga olib keladi. Natijada ilova dasturi ishlashdan to‘xtab, xato to‘g‘risida ogohlantiradi. 107 Object Pascal da o‘zgaruvchini bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish uchun bir qator standart funksiyalar mavjud. Ularni quyida keltiramiz: 1) StrToInt ( string to integer ) – matn satrini butun songa o‘tkazadi; 2) IntToStr ( integer to string ) – butun sonni matn satriga o‘tkazadi; 3) StrToFloat ( string to float ) – matn satrini haqiqiy songa o‘tkazadi; 4) FloatToStr ( float to string ) – haqiqiy sonni matn satriga o‘tkazadi. Yuqoridagi operatorni bu funksiyalardan foydalanib, bexato yozamiz: Button1.Width:=StrToInt(Edit1.Text); 2. Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi. Shar hajmi va unga mos sferaning sirtini hisoblaydigan ilova yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratib, unga uchta Label, bitta Edit va bitta Button obyektlarini joylaymiz. Ilova oynasini va undagi obyektlarni quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz: Ilova oynasidagi Button1 ni ikki marta bosib, hosil bo‘lgan dastur kodi oynasiga quyidagi ikki satrni kiritamiz. Ularning har biri ham bitta satrga sig‘magan bo‘lsa-da, bittadan qatorga kiritilishi kerak. Ikkala satr ham nuqtali vergul bilan tugaydi. Label2.Caption:='Shar_hajmi:'+FloatToStr(4/3*pi*sqr (StrToFloat(Edit1.Text))*StrToFloat(Edit1.Text)); Label3.Caption:='Sfera_yuzasi:'+FloatToStr(4*pi*sqr (StrToFloat(Edit1.Text))); F9 tugmasini ikki marta bosib, ilovani ishga tushiramiz. Dastlab kiritish maydonchasiga 1 ni kiritib, Hisobla tugmasini bosamiz, keyin esa radiusi 3 108 ga teng shar hajmi va sfera yuzini hisoblaymiz. Ilovaning ishi natijalari quyidagi rasmlarda ko‘rsatilgan. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling