Informatika va axborot


-DARS.  MA’LUMOT TURINI O‘ZGARTIRISH


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

49-DARS. 
MA’LUMOT TURINI O‘ZGARTIRISH 
 
1. Ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga 
o‘zgartirish. 
Yodingizda bo‘lsa,
Pascal
dasturlash tilida bir turdagi 
o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi ifodaning qiymatini berib bo‘lmas edi. 
Delphi
da ham bu taqiq o‘rinli. Uni qanday aylanib o‘tish mumkin?
Masalan, 
Button1
obyektining eni (
Width
xossasi) qancha bo‘lishi 
(butun son turi) 
Edit
ning 
Text
xossasidan (matn satri turi) olinishi kerak 
bo‘lsa, 
Button1.Width:=Edit1.Text
operatoridan foydalanish xatoga olib 
keladi. Natijada ilova dasturi ishlashdan to‘xtab, xato to‘g‘risida 
ogohlantiradi. 


107 
Object Pascal
da o‘zgaruvchini bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish uchun 
bir qator standart funksiyalar mavjud. Ularni quyida keltiramiz: 
1) 
StrToInt 
(
string to integer
) – matn satrini butun songa o‘tkazadi; 
2) 
IntToStr
(
integer to string
) – butun sonni matn satriga o‘tkazadi; 
3) 
StrToFloat
(
string to float
) – matn satrini haqiqiy songa o‘tkazadi; 
4) 
FloatToStr
(
float to string
) – haqiqiy sonni matn satriga o‘tkazadi. 
Yuqoridagi operatorni bu funksiyalardan foydalanib, bexato yozamiz: 
Button1.Width:=StrToInt(Edit1.Text);
2. Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi. 
Shar hajmi va unga mos sferaning sirtini 
hisoblaydigan ilova yaratamiz. Buning uchun 
yangi ilova yaratib, unga uchta Label, bitta 
Edit
va bitta 
Button
obyektlarini joylaymiz. 
Ilova oynasini va undagi obyektlarni quyidagi 
rasmda ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz: 
Ilova oynasidagi 
Button1
ni ikki marta bosib, hosil bo‘lgan dastur kodi 
oynasiga quyidagi ikki satrni kiritamiz. Ularning har biri ham bitta satrga 
sig‘magan bo‘lsa-da, bittadan qatorga kiritilishi kerak. Ikkala satr ham 
nuqtali vergul bilan tugaydi. 
Label2.Caption:='Shar_hajmi:'+FloatToStr(4/3*pi*sqr
(StrToFloat(Edit1.Text))*StrToFloat(Edit1.Text)); 
Label3.Caption:='Sfera_yuzasi:'+FloatToStr(4*pi*sqr
(StrToFloat(Edit1.Text))); 
F9
tugmasini ikki marta bosib, ilovani ishga tushiramiz. Dastlab kiritish 
maydonchasiga 1 ni kiritib, 
Hisobla
tugmasini bosamiz, keyin esa radiusi 3 


108 
ga teng shar hajmi va sfera yuzini hisoblaymiz. Ilovaning ishi natijalari 
quyidagi rasmlarda ko‘rsatilgan. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling