Informatika va axborot


 Edit boshqarish obyektining boshqa xossalari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

2. Edit boshqarish obyektining boshqa xossalari.
Edit
obyektining
yana bir foydali xossasi 
MaxLength
deb ataladi. Uning yordamida 
maydonchaga kiritiladigan matn satri uzunligini chegaralash mumkin. 
Masalan, maydonchaga o‘quvchining tug‘ilgan yili kiritilishi kerak bo‘lsa, 
MaxLength
ni 4 ga teng qilib olish ko‘p hollarda unga adashib boshqa 
ma’lumotlarni kiritib yuborishning oldini oladi.
Edit
obyektining yana bir foydali xossasi 
Font
bo‘lib, uning yordamida 
maydonchaga kiritiladigan matn uchun shriftni, shrift o‘lchami, rangi va 
shriftning yana bir qator xossalarini o‘rnatish mumkin. Bu xossa boshqa 
obyektlarda, masalan, 
Form
obyektida ham bor. Agar biz shriftni ilova 
oynasi uchun o‘rnatsak, u ilova oynasidagi barcha obyektlarga ham ta’sir 
qiladi. Buning oldini olish kerak bo‘lsa, ilova oynasidagi obyektning 
ParentFont
(ajdodi shrifti) xossasining qiymatini rostdan yolg‘onga 
o‘tkazish lozim.
Edit
ning yana bir foydali mantiqiy xossasi 
AutoSize
(o‘lchamni 
avtomatik tanlash) bo‘lib, maydonchaga kiritilayotgan matn ko‘paygan sari 
maydoncha o‘lchami kattalashib borishini ta’minlaydi. Agar bunda 
maydoncha yonidagi boshqa obyektlarni berkitib qo‘ymasligi kerak bo‘lsa, 
bu xossa qiymatini rostdan yolg‘onga o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Kiritish maydonchasi foydalanuvchining parolini kiritish uchun 
mo‘ljallangan bo‘lsa, parolni boshqalar ko‘rmasligi uchun u boshqa belgi
masalan, “*” bilan almashtiriladi. 
Edit
da bu imkoniyat ham ko‘zda tutilgan. 
Uning 
PasswordChar
xossasi 
maydonchaga 
kiritilgan 
harflar 
almashtiriladigan belgining tartib raqami (32–127)ni bildiradi. Dastlab u #0 
ga teng va u kiritilgan harf boshqasiga almashtirilmasligini bildiradi. Agar 
biz uni #42 bilan almashtirsak, maydonchaga kiritilgan harflar o‘rniga “x” 


104 
harfi aks etadi. #42 o‘rniga bevosita ekranga chiqarilishi kerak bo‘lgan 
belgini kiritish ham mumkin. Masalan, “-“, “+”, “*”, “.”.

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling