Informatika va axborot


-DARS.  BOSHQARISH OBYEKTLARINING FAOLLIGI


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

45-DARS. 
BOSHQARISH OBYEKTLARINING FAOLLIGI 
VA KO‘RINMASLIGI
1. Boshqarish obyektlarining Visible xossasi. 
Kompyuter viruslarini
nima uchun topish qiyin? Chunki ular ko‘rinmas, nega-ki, ularning o‘z 
oynasi yo‘q. Yaratilayotgan ilovalarni ham ko‘rinmas qilib qo‘yish 
mumkin-mi? Albatta, mumkin. 
Buning uchun har bir boshqaruvchi obyektda, shu jumladan ilova 
oynasida ham bo‘lgan 
Visible 
(ko‘rinadigan) xossasidan foydalanish kerak 
bo‘ladi. U mantiqiy turdagi xossa bo‘lib, faqat 
True
(Rost) yoki 
False
(Yolg‘on) qiymatlarni qabul qiladi.


99 
Obyektning 
Visible
xossasi dastlab rost bo‘ladi va obyekt oynada 
ko‘rinib turadi. Agar bu xossani yolg‘on qilib o‘rnatsak, obyekt oynada 
ko‘rinmay qoladi. Uning o‘rnidan boshqa maqsadlarda foydalansa bo‘ladi. 
Agar ikkita yoki undan ko‘p boshqarish obyektlaridan bir vaqtda 
foydalanilmasa, u holda ulardan faqat bittasining 
Visible 
xossasini rost 
qilib, qolganlarini yolg‘on qilib o‘rnatib, ilova oynasining bitta joyiga 
qo‘yish va joyni tejash mumkin. Bundan vizual dasturlashda keng 
foydalaniladi.
2. Boshqarish obyektlarining Enabled xossasi.
Rasmda Delphi 7 asosiy menyusining 
Edit
(Tahrirlash) 
bo‘limi aks etgan. Uning ko‘plab bandlari xira tortib 
qolganini ko‘rish mumkin. Bu ular faol emasligi sababli, 
ulardan shu paytda foydalanib bo‘lmasligi bildiradi.
Masalan, menyuning to‘rtinchi bandi 
Copy
(nusxa 
olish)dan foydalanish uchun avval matnning biror 
bo‘lagini ajratib olish kerak. Matnning biror qismi 
ajratib olinishi bilan undan nusxa olish mumkin bo‘ladi 
va menyuning 
Copy
bandi faollashib, to‘q rangda paydo 
bo‘ladi va bu amalni bajarish mumkin bo‘ladi. 
Boshqarish obyektlarining 
Enabled
(faol) xossasi 
shu maqsadga xizmat qiladi. Bu xossa ham mantiqiy 
qiymatlarni qabul qiladi. Agar uning qiymati rost bo‘lsa, 
obyekt faol, yolg‘on bo‘lsa, obyekt sust holatda bo‘ladi. 
Dastlab barcha obyektlar uchun bu xossa qiymati rost bo‘lib, ular faol 
holatda bo‘ladi. Agar bu xossani yolg‘on qilib o‘rnatsak, obyekt oynada 
ko‘rinib tursada, u xira tortib qoladi. Undan vaqtincha foydalanib 
bo‘lmaydi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling