Informatika va axborot
Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Butun sonlar yig‘indisi ilovasi.
3. Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish.
Oxirgi ikki satr juda murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni kiritishda xato o‘tkazib yuborish hech gap emas. Sharning hajmi va sfera yuzasi ; formulalar bilan hisoblanishini inobatga olsak, yuqoridagi formulalar rostdan ham g‘aliz chiqqanligi yaqqol ko‘rinib qoladi. Bu kamchilikni bartaraf qilishning yo‘li bormi? Albatta bor. Buning uchun qo‘shimcha o‘zgaruvchilardan foydalanish kerak bo‘ladi. O‘zgaruvchilar dastur matniga qanday kiritilishini eslash uchun dastur kodi oynasi va undagi dastur matni bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 4. Butun sonlar yig‘indisi ilovasi. va butun sonlar berilgan bo‘lsin. Ular va ular orasidagi barcha butun sonlar yig‘indisini topadigan ilova yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratamiz va unga uchta Label , ikkita Edit va bitta Button obyektini joylaymiz. Ularning joylashishi va xossalari quyidagi rasmda berilgan. Sonlar yig‘indisini hisoblash Button1 tugmasini bosganda amalga oshadi. Uni ilovaga kiritish uchun bu tugmani ikki marta bosamiz. Natijada ekranda dastur matni oynasi paydo bo‘ladi. undagi yozuvlar bilan tanishaylik: procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); begin end; Bu Paskal tilida yozilgan oddiy protsedura bo‘lib, hozircha u bo‘sh. Demak, biz ilova oynasi Form1 ga joylangan Button1 ni bosganimizda ilova boshqaruvni TForm1.Button1Click nomli protseduraga o‘tkazar ekan. Bu protseduraga u qilishi kerak bo‘lgan ishni bajaradigan operatorlarni kiritamiz: protseduraning to‘liq ko‘rinishi quyida keltirilgan: procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var i,m,n,s:integer; 109 begin m:=Strtoint(Edit1.Text); n:=Strtoint(Edit2.Text); s:=0; for i:=m to n do s:=s+i; Label3.Caption:='Yig‘'indi: '+Inttostr(s); end; Protseduraning ikkinchi satrida var operatori yordamida to‘rtta butun son turidagi o‘zgaruvchi tavsiflangan. Uchinchi satrdan protseduraning tanasi boshlanadi. Unda bajariluvchi operatorlar joylashgan bo‘ladi. to‘rtinchi satrda Edit1 maydonchasiga kiritilgan son butun son turiga aylantirilib, m o‘zgaruvchiga beriladi. Beshinchi satrda Edit2 ga kiritilgan son n o‘zgaruvchiga beriladi. Oltinchi satrda yig‘indi saqlanadigan o‘zgaruvchiga boshlang‘ich qiymat: 0 beriladi. Yettinchi satrdagi sikl kerakli yig‘indini topadi. Sakkizinchi satrda topilgan yig‘indining qiymatini Label3 orqali ilova oynasiga chiqaradi. To‘qqizinchi satrdagi operator protsedura tugaganini bildiradi. Ilovani ishga tushirib uning ishini kuzatamiz. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling