Informatika va axborot


CheckBox boshqarish obyekti va uning xossalari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

2. CheckBox boshqarish obyekti va uning xossalari.
Delphida 
bayroqcha obyekti 
CheckBox
(Tekshirish qutisi) deb ataladi. Bu obyekt 
obyektlar panelining standart jildida to‘qqizinchi bo‘lib joylashgan. 
Quyidagi rasmda u qizil hoshiyaga olingan: 
CheckBox
obyektining asosiy xossasi 
Checked
(o‘rnatilgan) bo‘lib, u 
ikkita: rost va yolg‘on qiymatlarni qabul qiladi. Uning yana bir foydali 
xossasi bizga boshqa obyektlardan tanish bo‘lgan 
Caption
(sarlavha)dir. 
Uning yordamida bayroqcha haqida uning yonida qisqa yozuvlar yaratish 
mumkin.
3. Ilovada global o‘zgaruvchilar yaratish. 
Ilovada bayroqcha obyekti 
bo‘lib, ilova ishlayotganida bayroqchaning necha marta o‘rnatilganligi 
muhim bo‘lsin. Bu ma’lumotni qanday saqlash mumkin.
Bu ma’lumotni saqlash uchun quyidagicha ish tutish lozim. Ilovada 
birorta ortiqcha obyekt yaratib, uni ko‘rinmas qilib qo‘yamiz (
Visible:=0
). 
Dastlab uning enini 0 ga teng qilib olib (
Width:=0
), har safar bayroqcha 
o‘rnatilganda uning enini bittaga oshiramiz (
Width:=Width+1
).


112 
Lekin bu chorasizlik alomati. Bu usul bilan o‘zgaruvchilar massivini 
yaratib bo‘lmaydi. Qaytadan velosiped yaratishni bir chetga surib, oxirgi 
ilovamiz: butun sonlar yig‘indisini eslaylik.
U yerda biz 
var i,m,n,s:integer; 
operatori yordamida bir nechta 
o‘zgaruvchilar yaratgan edik. Faqat bu o‘zgaruvchilar protsedura ichida 
yaratilganliklari sababli ulardan protseduradan tashqarida foydalanib 
bo‘lmaydi. Bunday o‘zgaruvchilar lokal (mahalliy) o‘zgaruvchilar deb 
atalardi. Ulardan farqli ravishda global (umumiy) o‘zgaruvchilardan 
dasturning ixtiyoriy joyida foydalanish mumkin. 
Global 
o‘zgaruvchilar 
dastur 
(ilova) 
boshida 
tavsiflanadi. Bu joyni topish 
uchun yaratilgan ilovaning 
dastur kodi oynasiga o‘tamiz 
va unda tavsiflash operatori 
var
ni qidiramiz.
Uni 
topishimiz 
bilan 
undan keyin bizga kerakli tavsiflash operatori
n: array[0..4] of integer; 
ni 
kiritamiz. Endi u ilova oynasi 
Form1 
o‘zgaruvchisi bilan yonma-yon turibdi 
va 
Form1
ga kabi ilovaning hamma joyidan unga murojaat qilish mumkin.
O‘zgaruvchilarni tavsiflash bilan ish bitmaydi. Ularga yana ilova ishga 
tushishi bilan boshlang‘ich qiymatlar: 0 larni berishimiz kerak. Buni ilova 
oynasi yaratilayotgan paytda bajarishimiz mumkin. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling