Informatika va axborot
Label boshqarish obyekti xossalarini dasturda o‘zgartirish
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Oyna o‘lchamlari ilovasi.
2. Label boshqarish obyekti xossalarini dasturda o‘zgartirish.
Label obyektining ham boshqa obyektlar kabi o‘z nomi bo‘lib, u Name nomli xossasida saqlanadi. Bu xossadan obyektga va uning xossalariga murojaat qilganda foydalaniladi. Shu sababli, uni ilova ishlayotganida o‘zgartirish muammolar paydo qilishi mumkin. Obyektlarning Name xossasi faqat bu obyektlar ilova oynasiga qo‘yilayotgan paytda o‘zgartiriladi. Obyektlar ilovaga qo‘yilishi bilan (buni yana obyektning nusxasi yaratilganda ham deyishadi) unga avtomatik tarzda nom beriladi. Masalan, Label obyektining nusxalariga navbatma-navbat Label1 , Label2 , Label3 nomlar beriladi. Oldingi ilovalardagi Form1 , Button1 nomli obyektlarni esga oling. Obyektning Name xossasining qiymati boshqa xossalariga murojaat qilish uchun qo‘sh nomlarni yaratishda ishlatiladi: obyekt_nomi.xossa_nomi. Masalan, Form1.Width , Button1.Caption , Label1.Left . Bu borada muammolarga uchramaslik uchun hozircha faqat avtomatik berilgan nomlardan foydalanib turamiz. 3. Oyna o‘lchamlari ilovasi. Oldingi mashg‘ulotdagi ilovani qaytadan yaratamiz. Ilova oynasi o‘lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish uchun ikkita tugmadan, oyna o‘lchamlarini ko‘rsatish ikkita Label dan foydalanamiz. Dastlab ilova oynasining xossalarini o‘rnatamiz (39-dars): Form1.Caption:=’To‘’rtinchi ilova’; Form1.Height:=225; Form1.Width:=400; Form1.Left:=200; Form1.Top:=100; Yuqoridagi to‘rtta obyektni ilova oynasiga joylaymiz va ularning xossalarini o‘rnatamiz: Button1.Caption:=’++’; Button2.Caption:=’--’; Label1.Caption:=’Oynaning bo‘’yi: ’; Label2.Caption:=’Oynaning eni: ’; 97 Ilova oynasida Button1 ni ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan dastur kodi oynasining kursor turgan joyiga quyidagi operatorlarni kiritamiz: Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; Label1.Caption:=’Oynaning_bo‘’yi:’+IntToStr(Form1.Height); Label2.Caption:=’Oynaning_eni:’+IntToStr(Form1.Width); Ilova oynasida Button1 ni ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan dastur kodi oynasining kursor turgan joyiga quyidagi operatorlarni kiritamiz: Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; Label1.Caption:=’Oynaning_bo‘’yi:’+inttostr(Form1.Height); Label2.Caption:=’Oynaning_eni:’+inttostr(Form1.Width); Ilovani ishga tushiramiz va uning ishlashini kuzatamiz: Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling