Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar va grafik muxarrirda ishlash va turli shakllar yasash bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilinadi.
Boshqaruvchi klavishlarni sanab bering va ularning vazifalarini aytib bering.
Grafik muharrirlarning asosiy qismlarini aytib bering
Paint grafik muharririning menyular satridagi menyularni sanab bering
Fayl menyusi qanday amallarni o‘z ichiga oladi?
Bu savollarni bahs-munozara shaklida hal etish katta samara beradi.
Uyga vazifa: Bunda o‘quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin.
Tabiat manzarasini chizing.
Kompyuter rasmini chizing.
16-17- mashg‘ulot
Mavzu: Tasvirlarni qayta ishlash sistemalari bilan tanishuv.
Dars maqsadi: Grafiklarni qayta ishlashga oid dastur vositalaridan foydalana olish, grafiklarni hosil qilish va o’zgartirish kiritish kabi ko‘nikmani berish.
Asosiy tushunchalar: O‘quvchilarni grafik ko‘rinishdagi axborotlarni qayta ishlash sistemalari bilan tanishtirish Photoshop, AutoCAD, Corel Draw grafik muharrirlar haqida ma’lumot beriladi.
Mavzuni boshlashga hozirlik: O‘qituvchi tomonidan kompyuterlarni ishga hozirlanadi. kopyuterlari uchun Paint Bruch, PAINT grafik muxarrirlaridan birortasi tayyorlanadi.
Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
Kompyuter grafikasidan turli sohalarda turli maqsadlarda ishlatilishini keng yoritib berish bilan, o‘quvchilarda grafik muharrirlaridan keng foydalanishga qiziqish uyg‘otiladi. Grafik muharrirlar “yosh rassomlar” uchun keng imkoniyatlar yaratishini misollar orqali namoyish qilinadi. Shuningdek fotosuratlarni tahrir qilish, dizayn yoki arxitekturi loyihalarini yaratish uchun uning imkoniyatlarini misollar yordamida tushuntiriladi. Bunda turli tuman grafik muharrirlar mavjudligi aytib o‘tiladi. Masalan:
Photoshop (Fotoshop) – asosan fotosuratlarni tahrir qilishda qo‘llaniladi. U ishlata oladigan ranglar ko‘lami va mo‘yqalam turlarining ko‘pligi bilan Paint grafik muharriridan ajralib turadi.
Dizaynerlarning ajralmas ish quroliga aylangan grafik muharrirlardan yana biri – Corel Draw (Korel drav). Corel Draw vektorli rasmlar bilan ishlash imkoniyatiga ega.
AutoCAD ham boshqa grafik muharrirlar kabi menyular satri, uskunalar paneli va ishchi maydoniga ega Ammo uning menyular satri va uskunalar panelini tashkil qiluvchi buyruq va amallar aynan texnik chizmalar chizish uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |