Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan


Mavzuni mustahkamlash va yakunlash


Download 0.66 Mb.
bet10/26
Sana19.07.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1661191
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
INFORMATIKA 5-6 to\'garak konspekti

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar va grafik muharrirda ishlash bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilinadi.

  1. Grafik fayllarning ko‘p uchraydigan formatlarini ayitib bering.

  2. Paint grafik muharriridagi menyular satrini tushuntirib bering.

  3. Paint grafik muharriridagi ishchi maydoni, uskunalar paneli farqini ayitib bering?

Bu savollarni bahs-munozara shaklida hal etish katta samara beradi.
Uyga vazifa: Bunda o‘quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin.

  1. Grafik muharrining asosiy vazifalarini inobatga olib tabiat manzarasini chizing.

  2. Grafik muharrirlar uchun umumiy bo‘lgan sarlavha satri haqida tushunchalarni tushintirib bering.



9-10-mashg‘ulot
Mavzu: Paint uskunalar paneli va undan foydalanish.
Dars maqsadi:
O‘quvchilarda Paint dasturi uskunalar panelidan foydalanishni ko‘nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar:
Uskunalar paneli, qalam, sohani belgilash, chiziq chizish, purkagich, mo‘yqalam, to‘rtburchak, ellips, ko‘pburchak, bo‘yash.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika darsligi. Informatikadan 5–sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi ishga tayyorlanadi.
Darsning tashkiliy qismi :

  1. o’quvchilarning darsga tayyorligi;

  2. sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;

  3. davomatni aniqlash;



Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
Paintda geometrik shakllarni chizish va tahrir qilish uchun uskunalar panelidagi piktogrammalardan foydalanish mumkinligi amalda ko‘rsatiladi, ya’ni uskunalar panelidagi quyidagi uskunalarning imkoniyatlari ochib beriladi:



Ixtiyoriy sohani belgilash

To‘rtburchak sohani belgilash

O‘chirg‘ich

Chegaralangan sohani bo‘yash

Rangni aniqlash

Lupa (tasvirni kattalashtirish)

Qalam

Mo‘yqalam

Purkagich

Matn

To‘g‘ri chiziq

Egri chiziq

To‘g‘ri to‘rtburchak

Ko‘pburchak

Ellips

Burchaklari yoysimon to‘rtburchak

Paintda tayyorlangan rasmni saqlash ko‘rsatib beriladi. O‘quvchilarga biror sodda shakl chizib, uni familiyalari nomini berib (Windows muxitida ishlashga doir mashqlar mavzusida hosil qilingan) familiyalari nomidagi papkada saqlash talab qilinadi.


Paint dasturi yordamida rasmlar chizish hamda ularni tahrir qilishga doir bir nechta mashqlarni bajarib ko‘rsatiladi va o‘quvchilarga ham shunday ishlarni bajarish topshiriladi.
O‘quvchilar har bir uskuna imkoniyatini amalda o‘qituvchi bilan ketma-ket o‘zlari bajarib ko‘rishadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling