Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar va grafik muharrirda ishlash va turli shakllar yasash bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilinadi.
O‘zingiz bilgan grafik muharrirlarni aytib bering.
Dizayn uchun mos bo‘lgan grafik muharririni imkoniyatlarini sanab bering.
Bu savollarni bahs-munozara shaklida hal etish katta samara beradi.
Uyga vazifa: Grafik muharririni qo‘llash sohalarini aytib bering va ixtiyoriy biror naqshni chizish dasturini tuzing.
18-19- mashg‘ulot.
Mavzu: Hujjatlarni hosil qilish va saqlash
Dars maqsadi:
O‘quvchilarga hujjatlarni hosil qilish, uni saqlash va maxsus klavishlarning vazifalari haqida ma’lumot berish.
Asosiy tushunchalar:
Klavishlarning vazifalari, quyi va yuqori registr, hujjatni saqlash.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Darsning tashkiliy qismi :
o’quvchilarning darsga tayyorligi;
sinf xonasini va kompyuterva uning qurilmalarini darsga tayyorligi;
davomatni aniqlash;
Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
O‘quvchilar avvalgi darsda matnli hujjatlarning asosiy parametrlari bilan tanishishdi va uni qanday o‘rnatishni ham bilib olishdi. Bu mavzuda asosan Microsoft Word matn protsessorida yangi hujjatni hosil qilish o‘rgatiladi. Ya’ni, matnli hujjat tayyorlash usullari ko‘riladi. O‘quvchilarga hujjatlarni hosil qilishda klavishlarning vazifalari batafsil tushuntiriladi, quyi registr, yuqori registrga o‘tish holatlari bayon etilishi bilan birga amaliy mashqlar asosida hujjat tayyorlanadi va tashqi hotirada saqlanadi.
Quyidagicha misollar olish mumkin:
Berilgan
|
Quyi registrda
|
Yuqori registrda
|
Informatika
|
Informatika
|
INFORMATIKA
|
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
|
vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
|
VATAN SAJDAGOH KABI MUQADDASDIR.
|
Ishga tushgan dastur nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi
|
ishga tushgan dastur nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi
|
ISHGA TUSHGAN DASTUR NOMI BILAN YANGI HUJJAT HOSIL QILISHNI TAKLIF ETADI
|
Fayl menyusidan Hosil qilish ( ) buyrug‘i tanlanadi
|
fayl menyusidan hosil qilish ( ) buyrug‘i tanlanadi
|
FAYL MENYUSIDAN HOSIL QILISH ( ) BUYRUG‘I TANLANADI
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |