"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


«Elektr energiyasi bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik hisobini yuritish» dasturiy


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

 
5.«Elektr energiyasi bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik hisobini yuritish» dasturiy 
mahsulini joriy qilishning maqsadlari. Dasturiy mahsul ma’lumotlari basasining 
shakllanishi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabrdagi «Elektr energiyasidan 
foydalanganlik uchun hisob-kitob mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
511-sonli qarorida belgilangan talablarni to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Davlat 
soliq xizmati tizimida hisob-kitob va nazorat ishlarini yanada kuchaytirilishini ta’minlovchi «Yuridik 
shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirilishini 
nazorat qilish va to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni qisqartirish natijalari tahlilini olib borish» dasturiy 
mahsuli joriy qilindi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabrdagi “Elektr 
energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora – 
tadbirlar to‘g‘risida” 511-sonli qarori bilan soliq organlariga quyidagi funksiyalar yuklatildi: 
 Yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiya uchun to‘lov muddati o‘tgan 
qarzlarni yig‘ish; 
 Iste’mol qilingan elektr energiya uchun mablag‘larning to‘liq tushishini nazorat qilish. 
Qarorda belgilangan talablarni samarali ijro qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Davlat 
Soliq Qo‘mitasining 2005 yil 5 avgustadagi 148–sonli buyrug‘iga asosan, iste’mol qilingan elektr 
energiyasi uchun qarzdorlikni qisqartirish borasidagi nazorat va tahlil ishlari, shuningdek boshqa 
mutasaddi idoralar bilan hamkorlik ishlarining natijalarini jamlovchi dasturiy mahsul yaratildi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabrdagi 511-sonli qarorida 
belgilangan talablarni to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Davlat soliq xizmati tizimida 
hisob-kitob va nazorat ishlarini yanada kuchaytirilishini ta’minlovchi dasturiy mahsul joriy qilinib, 
quyidagi imkoniyatlar yaratildi. 
Elektr energiyasi iste’moli va hisob-kitobi bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya etmagan, ya’ni 
elektr energiyasi berishga shartnoma tuzmagan va shartnomada nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi 
qiymatining kamida 30 foizini oldindan to‘lamagan “O’zstandart” agentligi organlari tomonidan 
tekshirilgan iste’mol qilingan energiyani hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan, hisob-kitob qilish 
oyi tamom bo‘lgandan keyin 30 kun mobaynida iste’mol qilingan energiyasi uchun to‘lanmagan qarzi 
mavjud bo‘lgan, shartnomada nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha elektr energiyasi iste’mol qilgan 
yuridik shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini ko‘rish ishlarini 
ko‘chaytirishdir.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling