"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


«Yer fondi va yer solig‗i hisobini yuritish» dasturiy mahsuli ma‘lumotlari tarkibi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

«Yer fondi va yer solig‗i hisobini yuritish» dasturiy mahsuli ma‘lumotlari tarkibi. 
Soliq kodeksining 84-moddasiga ko‘ra, DSQ va Yer resurslar, geodeziya, kartografiya va Davlat 


118 
kadastri Davlat qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashish to‘g‘risidagi 2010 yil 24 apreldagi 
Тartibga asosan belgilangan jadvallar asosida hududiy Yer resurslar va Davlat kadastri bo‘limlari
tomonidan, hududiy Davlat soliq inspeksiyalariga har chorakda bir marta (o‘zgarishlar bilan) Microsoft 
Excel dasturida beriladigan ma’lumotlar ya’ni, korxona va tashkilotlarning hamda yerdan foydalanuvchi 
xo‘jaliklarning yer maydonlarining hajmi, yer fondi turlari, yer fondi toifalari 0,1 ga hisobida, qishloq 
xo‘jalik yerlarining 1,0 ga yer maydoni uchun me’yoriy qiymatini (ming so‘mda) verguldan keyin bir 
xonali raqam tartibida elektron shaklda ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va «Yer fondi hisobi» yagona 
ma’lumotlar bazasini yaratadi.
Yaratilgan «Yer fondining hisobi» yagona ma’lumotlar bazasi orqali yerdan foydalanuvchi 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yer solig‘i, yagona yer solig‘i, 
qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun yer solig‘i nazorat qilinadi.
Dasturiy mahsulga kirish veb-brauzer orqali amalga oshiriladi, bunda brauzerlarning istalgan 
turidan foydalanish imkoni yaratiladi. Foydalanuvchilarning toifasi parollar orqali ajratiladi. 
Dasturiy mahsuldan foydalanayotgan DSIlarda turli xil turkumlash natijalari va istalgan holdagi 
ma’lumotlar yig‘indisi Microsoft Excel dasturi orqali pechat qilish uchun jo‘natish imkoniyati 
yaratiladi. 
a) hududiy davlat soliq inspeksiyalariga ishlab chiqilgan «Yer fondining hisobi» moduli ishga 
tushirilganda har bir xo‘jalik, korxona, tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (kodi va faoliyat nomi) va 
yer uchastkasidan foydalanayotgan korxona va tashkilotlarning yer turlari bo‘yicha maydoni aks 
ettiriladi. 
Bunda faqat yer uchastkasiga ega bo‘lgan korxona tashkilotlarning yer maydonlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar kiritilgan ustunlar ko‘rinadi, ma’lumot kiritilmagan va yoki (0) ga teng bo‘lgan ustunlar 
ko‘rinmaydi, shuningdek Microsoft Excel dasturining turkumlash («filtr»i)ga monand bo‘lgan 
turkumlash tugmalari har bir ustunida bo‘ladi. 
b) «Noqishloq xo‘jalik korxonalari yer solig‘i hisobi» modulining “Yer solig‘i to‘lovchilar” 
bandi orqali tumandagi yer uchastkasiga ega bo‘lgan noqishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlari 
ma’lumotlar bazasi namoyon bo‘ladi, bunda korxona, tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (71200 
savdo ko‘rinishida), holati («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishda) korxona tashkilotlar foydalanayotgan 
yer uchastkalarining umumiy maydoni, shundan shaharlarda va tuman markazlarida joylashgan zonalar 
bo‘yicha 1,2,3......,14, qishloq joylarida aholi punktlarida va aholi punktlaridan tashqarida joylashgan 
korxona tashkilotlarning yer maydonlari, yer qa’ridan foydalanuvchi korxonalarning karer maydonlari, 
yer uchastkasi shaharlar, viloyatlar, tuman markazlariga radiuslar bo‘yicha yaqinligi, soliq 
solinmaydigan maydoni, korxona tashkilotlarning Soliq kodeksida belgilangan tartibda joriy yilda 
tanlagan soliq to‘lash tizimi («YaSТ», «USТ» ko‘rinishda) aks ettiriladi.
“Imtiyoz” bandi orqali korxona tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (71200 savdo 
ko‘rinishida), holati («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishda) umumiy yer maydoni, soliq solinmaydigan 
yer maydoni, joriy yil uchun hisoblangan imtiyoz summasi, berilgan imtiyoz turlari (solik kodeksi 
“S.K”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari “PQ”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari “VMQ” ko‘rinishda) aks ettiriladi. 
Dasturiy mahsul ma’lumotlarni elektron shaklda «Yuridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish» 
dasturiy mahsulidan (Lgota) oladi. 
v) «Qishloq xo‘jalik korxonalari yer solig‘i hisobi» modulining (“Qishloq xo‘jaligi 
korxonalar”, «Ball bonitet», «Imtiyoz», «Excel») “Qishloq xo‘jaligi korxonalar” bandi orqali 
tumandagi yer uchastkasiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarning ma’lumotlar 
bazasi namoyon bo‘ladi, bunda har bir xo‘jalikning nomi, SТIR, OKONХ (21150 paxtachilik 
ko‘rinishida), holati («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishda), korxona tashkilotlar foydalanayotgan yer 
uchastkalarining umumiy maydoni shu jumladan sug‘oriladigan, lalmi haydaladigan yerlar, bog‘zorlar, 
uzumzorlar, tutzorlar, bo‘z yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, jami qishloq xo‘jaligida foydalanadigan 
yerlar, ihota daraxtlari, terakzorlar, ko‘llar, ariq va zovurlar, yo‘llar va uvatlar, qurilish ostidagi yerlar, 
qishloq xo‘jaligida foydalanmaydigan boshqa yerlar, lalmikor, bo‘z yerlardagi sug‘orilmaydigan ko‘p 
yillik daraxtlar, tekislik (yog‘ingarchilik bilan ta’minlanadigan) zona, tekislik-tepalik (yog‘ingarchilik 
bilan ta’minlanadigan) zona, sug‘orilmaydigan pichanzor va yaylovlar, cho‘l mintaqa, tog‘ mintaqa, 
davlat zahira yer fondi aks ettiriladi. 
“Ball bonitet” bandi orqali tumandagi yer uchastkasiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxona 


119 
va tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (21150 paxtachilik ko‘rinishida), holati («0-faoliyat 
yuritayotgan» ko‘rinishda) Qishloq xo‘jaligi yerlarining umumiy maydoni 01-100 ballgacha bo‘lgan 
ball bonitetlar va baholanmagan yerlar to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘ladi.
“Imtiyoz” bandida korxona va tashkilotlarning nomi, SТIR, OKONХ (21150 paxtachilik 
ko‘rinishida), holat («0-faoliyat yuritayotgan» ko‘rinishda) umumiy yer maydoni, soliq solinmaydigan 
yer maydoni, joriy yil uchun hisoblangan imtiyoz summasi, berilgan imtiyoz turlari aks ettiriladi. 
Ma’lumotlar elektron shaklda «Yuridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish» dasturiy 
mahsulidan (Lgota) olinadi. 
g) «Yagona yer solig‘i» modulining («Yagona yer solig‘i to‘lovchilar», «Me’yoriy qiymat», 
«Imtiyoz», «Excel» «Chiqish») «Yagona yer solig‘i to‘lovchilar» bandi orqali tumandagi yer 
uchastkasiga ega bo‘lgan yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchi 
xo‘jaliklarning ma’lumotlar bazasi IV-shakl 1-javdal ko‘rinishidagi oyna namoyon bo‘ladi, bunda har 
bir xo‘jalikning nomi, SТIR, OKONХ (21150 paxtachilik ko‘rinishida), holati («0-faoliyat 
yuritayotgan» ko‘rinishda) xo‘jaliklar foydalanayotgan yer uchastkalarining umumiy maydoni shu 
jumladan, sug‘oriladigan va lalmi haydaladigan yerlar, bog‘zorlar, uzumzorlar, tutzorlar, bo‘z yerlar, 
pichanzorlar, yaylovlar, jami qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlar, ihota daraxtlari, terakzorlar, 
ko‘llar, ariq va zovurlar, yo‘llar va uvatlar, qurilish ostidagi yerlar, qishloq xo‘jaligida 
foydalanmaydigan boshqa yerlar, lalmikor, bo‘z yerlardagi sug‘ormaydigan ko‘p yillik daraxtlar, 
tekislik (yog‘ingarchilik bilan ta’minlanadigan) zona, tekislik-tepalik (yog‘ingarchilik bilan 
ta’minlanadigan) zona, sug‘orilmaydigan pichanzor va yaylovlar, cho‘l mintaqa, tog‘ mintaqa, davlat 
zahira yer fondi aks ettiriladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling