"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


«Yuridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuliga kiritiladigan


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

«Yuridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuliga kiritiladigan 
ma’lumotlar tarkibi
Dasturiy mahsul ma’lumotlar bazasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Soliq kodeksi, Prezident Farmoni va qarorlari, shuningdek 
Hukumat Farmoni hamda qarorlariga muvofiq berilgan soliq imtiyozi va preferensiya qo‘llagan soliq 


120 
to‘lovchilarga tegishli ma’lumotlar; 
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Soliq kodeksi, Prezident Farmoni va qarorlari, shuningdek 
Hukumat Farmoni hamda qarorlariga muvofiq berilgan soliq imtiyozi va preferensiyalarni qo‘llagan 
yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hamda vakolatli 
idoralar tomonidan olingan ma’lumotlar.
Ma’lumotlarni kiritish tartibi va muddati 
Soliq to‘lovchi yuridik shaxslar, ro‘yxatdan o‘tgan tuman (shahar) davlat soliq xizmati 
organlariga faoliyat turlaridan kelib chiqib belgilangan (elektron) hisobot shakllarini topshiradi. Soliq 
hisoboti qabul qilingandan so‘ng 3 ish kun davomida, olingan (elektron) hisobotlar yuridik bo‘lim 
mas’ul xodimi tomonidan kameral nazoratdan o‘tkaziladi va soliq hisobotlarida ko‘rsatilgan soliq 
imtiyozlari qismida asoslovchi ma’lumotlarning aks ettirilishi ko‘rib chiqiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 2 aprelda 1463-son bilan ro‘yxatga 
olingan Nizomga asosan, soliq hisoboti qabul qilingandan so‘ng 3 ish kun davomida, soliq solishdan 
bo‘shaydigan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning mavjudligini qo‘rib 
chiqadi. 
Kameral nazorat o‘tkazilgandan so‘ng soliq imtiyozlariga oid ma’lumotlar (jumladan, 
imtiyozlarning amal qilish muddatlari va asoslovchi xujjatlar) soliq hisoboti ilovalarida ko‘rsatilmagan 
bo‘lsa yoki moliyaviy hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan asoslovchi ma’lumotnomalar mavjud 
emasligi aniqlansa, bu haqda soliq to‘lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma 
shaklda talabnoma yuborish. 
Soliq to‘lashning soddalashtirilgan tizimiga o‘tmagan korxonalar bo‘yicha har oy davomida 
hisobot davridan so‘ng 3 ish kuni davomida
Soliq to‘lashning soddalashtirilgan tizimiga o‘tgan mikrofirma va kichik korxonalar bo‘yicha har 
chorak davomida hisobot davridan so‘ng 3 ish kuni davomida; 
Qabul qilingan soliq (elektron) hisobotlarida qo‘llanilgan soliq imtiyozlarini “Wefoins” dasturiy 
mahsuli yordamida ma’lumotlar bazasiga kiritadi. 
Soliq imtiyozlarini to‘g‘ri qo‘llash borasida kameral nazorat to‘g‘ri o‘tkazilishi yuzasidan 
nazoratni kameral nazorat bo‘limi boshlig‘i amalga oshiradi va hisobot oyi yakuni bilan keyingi oyning 
3- sanasiga qadar DSB boshqarmasiga ma’lumot beradi. 
Davlat soliq boshqarmasi o‘z navbatida hududiy davlat soliq inspeksiyalaridan olingan 
ma’lumotlar asosida, hisobot oyi yakuni bilan keyingi oyning 5 -sanasiga qadar DSQning 2009 yil 4 
dekabrdagi 249-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ilovalar asosida DSQga ma’lumot beradi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling