"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Dasturiy mahsulda quyidagi imkoniyatlar yaratilgan


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

Dasturiy mahsulda quyidagi imkoniyatlar yaratilgan: 
1. Respublika bo‗yicha yuridik shaxslar egaligida va (yoki) foydalanishida bo‗lgan yer 
maydonlari hisobini avtomatlashgan holda yuritgan holda quyidagi ma‘lumotlarni,
noqishloq xo‗jalik korxonalari
qishloq xo‗jalik korxonalari (yagona yer solig‗i to‗lashga o‗tmagan);
yagona yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗yicha umumiy va alohida-alohida ma‘lumotlarni olish. 
2. Noqishloq xo‗jalik korxonalarning yer maydonlari, shu jumladan shaharlarda zonalar bo‗yicha 
va qishloq joylarida joylashgan yer maydonlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni olish. 
3. Qishloq xo‗jalik korxonalari (yagona yer solig‗i to‗lashga o‗tmagan) yer maydonlarining yer 
turlari, ball boniteti to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni olish. 
4. Yagona yer solig‗i to‗lovchi qishloq xo‗jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarning yer 
maydonlari va ularning normativ qiymatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni olish. 
5. Yer solig‗i to‗lovchi bo‗lgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga 
nisbatan DMda hisoblangan yer solig‗i bo‗yicha solishtirma ma‘lumot: 
noqishloq xo‗jalik korxonalari; 
qishloq xo‗jalik korxonalari (yagona yer solig‗i to‗lashga o‗tmagan);
yagona yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗yicha umumiy va alohida-alohida olish. 
6. Yuridik shaxslarga hisoblangan yer solig‗i bo‗yicha hisoblangan, to‗langan, soliq qarzi va 
ortiqcha to‗lovlar to‗g‗risidagi: 
noqishloq xo‗jalik korxonalari; 
qishloq xo‗jalik korxonalari (yagona yer solig‗i to‗lashga o‗tmagan);
yagona yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗yicha umumiy va alohida-alohida ma‘lumotlarni olish. 
7. Yer solig‗i bo‗yicha imtiyozga ega bo‗lgan yuridik shaxslar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, imtiyoz 
turlari va summalari bo‗yicha: 
noqishloq xo‗jalik korxonalari; 
qishloq xo‗jalik korxonalari (yagona yer solig‗i to‗lashga o‗tmagan);
yagona yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗yicha umumiy va alohida-alohida olish. 
8. Yuridik shaxslarning soliq to‗lash tartibiga ko‗ra, yagona soliq to‗lovi to‗lovchisi bo‗lgan 
korxonalar bo‗yicha alohida hisobot shakllantirilib bunda, yagona soliq to‗lovini to‗lovchi korxonaga 
hisoblangan yer solig‗i bilan ular tomonidan taqdim etilgan yagona soliq to‗lovi hisob-kitobini 


117 
solishtirilishi nazarda tutiladi. 
9. Dasturiy majmuadan barcha yer solig‗i to‗lovchilarning faoliyat turlari, holatlari, boshqarish 
organlari (vazirlik) bo‗yicha istalgan ma‘lumotlarni chiqarish. 
Jumladan, fermer xo‗jaliklarining faoliyat turlari bo‗yicha, paxtachilik va g‗allachilik, kartoshka 
va sabzavotchilik, lavlagichilik, meva rezavor yetishtirish va uzumchilik, yog‗ olinadigan o‗simliklarni 
yetishtirish, ozuqabop o‗simliklarni yetishtirish, chorvachilik, qo‗ychilik va echkichilik, parrandachilik, 
baliqchilik yo‗nalishidagi fermer xo‗jaliklari bo‗yicha alohida-alohida hisobotlar chiqarish. 
10. DMda hisoblangan yer solig‗i summasi bilan korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim 
etilgan hisob-kitoblar bo‗yicha hisoblangan soliq summalarini taqqoslash orqali, avtomatik tarzda 
kameral nazorat qilish imkoni yaratiladi. 
Mazkur hisobot shakllari DMning DSI pog‗onasida korxona va tashkilotlar kesimida, DSB 
pog‗onasida tuman (shahar)lar va korxona va tashkilotlar kesimida hamda DSQ pog‗onasida 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar bo‗yicha, hududlar bo‗yicha tuman (shahar)lar hamda 
korxona va tashkilotlar kesimida shakllantiriladi. 
11. Respublikaning ixtiyoriy bir nuqtasidagi yerdan foydalanuvchi to‗g‗risida tezkor ma‘lumotga 
ega bo‗lish. 
12. DSQdan turib quyi soliq idoralarida yer maydonlari va yer solig‗i hisobining yuritilishi 
ustidan tezkor nazorat o‗rnatish va tahlillar olib borish. 
13. Yer maydonlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarga ega bo‗lish uchun Yer resurslari, geodeziya, 
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasiga va uning quyi bo‗linmalariga ortiqcha rasmiy 
murojaatlarni kamaytirish. 
14. Yer solig‗i bo‗yicha belgilangan bashorat ko‗rsatkichlarni ta‘minlashda soliq manbaalaridan 
doimo xabardor bo‗lib turish.
Dasturiy mahsulning afzalligi 
- Mazkur dasturiy mahsul joriy etilgunga qadar hududiy DSBlardan faqatgina yuridik shaxslarga 
yer solig‗i bo‗yicha qo‗llanilayotgan imtiyozlar to‗g‗risidagi fermer xo‗jaliklarining soni va yer 
maydonlaridan tashqari ma‘lumotlar olinmas edi. 
DM joriy etilgandan keyin esa, DMning DSQ pog‗onasidan barsa yer solig‗i to‗lovchi yuridik 
shaxslarning yer solig‗idan imtiyozga ega bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar soni, imtiyoz 
qo‗llanilayotgan yer maydoni, imtiyoz qo‗llash asosi va qo‗llanilgan imtiyoz summasi to‗g‗risida 
ma‘lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan.
- DSBlar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar chorakli bo‗lib, hisobotlar asosida quyi soliq 
organlari faoliyatini tahlil qilish va baho berish faqat hisobot choragi tugagandan so‗ng, keyingi oyning 
25 sanasiga kelib amalga oshirish mumkin edi. Dasturiy majmua orqali esa, quyi soliq organlari 
faoliyatini tahlil qilish va baho berish har oyda amalga oshirilib, quyi soliq organlari ustidan nazorat 
kuchaytiriladi. 
- Foydalanilayotgan yerlar uchun soliqlarni avtomatlashgan ravishda hisoblash, hisobini yuritish 
va tezkor hisobotlar tuziladi. 
- Yer solig‗i to‗lovchi yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblariga nisbatan 
dasturiy mahsulda hisoblangan yer solig‗i bo‗yicha Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar, viloyat 
bo‗yicha tumanlar, tumanlar bo‗yicha fermer xo‗jaliklari kesimida solishtirma ma‘lumotlar olinadi. 
- Yer solig‗i to‗lovchi yuridik shaxslarga hisoblangan yer (yagona yer) solig‗i, to‗langan, 
boqimanda va ortiqcha to‗lovlar to‗g‗risida Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar, viloyat 
bo‗yicha tumanlar va tumanlar bo‗yicha fermer xo‗jaliklari kesimida ma‘lumotlar olinadi. 
- Yer solig‗idan imtiyozga ega bo‗lgan yuridik shaxslar to‗g‗risida Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi va viloyatlar, viloyat bo‗yicha tumanlar, tuman bo‗yicha xo‗jaliklar kesimida 
ma‘lumotlarni olinadi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling