"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


“Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning tugatilishini nazorat qilish” dasturiy


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
axborottizimlari

 “Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning tugatilishini nazorat qilish” dasturiy 
mahsuli ma’lumotlari basasining shakllanishi. 
 
«Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni tugatilishini nazorat qilish» dasturiy mahsuliga quyidagi 
ma’lumotlar kiritiladi. 

O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
1999 
yil
3 iyuldagi «Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan 
muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi 
to‘g‘risida»gi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomida belgilangan talablar asosida faoliyat 
ko‘rsatmayotgan korxonalarni tugatish yoki qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar 
to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar; 
Хususan, hududiy davlat soliq xizmati organlariga tijorat banklari tomonidan «Savdo va savdo-
vositachi korxonalar tomonidan uch oy mobaynida, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar - yuridik 
shaxslar tomonidan esa - olti oy mobaynida bank hisob raqamlari bo‘yicha pul operatsiyalarini 
o‘tkazgan holda moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan» korxonalar bo‘yicha taqdim etgan 
axborotlari; 
- davlat soliq inspeksiyasi tomonidan korxonani faoliyatini yuritish yoki yuritmaslik masalasini 
ko‘rib chiqish uchun hududiy maxsus komissiyasiga yuborilgan so‘rovnomasi; 
- korxona faoliyatini qayta tiklash, tugatish va o‘z-o‘zini tugatish masalasi yuzasidan Hokimiyat 
qoshidagi hududiy «maxsus komissiya» yoki «ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiya»sining xulosa, qarori 
yoki bayoni; 
- korxona faoliyatini tugatish masalasi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan hududiy 
maxsus komissiyasi yoki Ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyaga yuborilgan «Тaqdimnoma»larni; 
- Хo‘jalik sudining tugatish to‘g‘risidagi shuningdek bankrotlik tamoyili bo‘yicha tugatish 
to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlarini
- korxonani reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi Hokimning qarori; 
shuningdek, DSQning 2009 yil 19 iyundagi 112-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan reglamentiga 
asosan ma’lumotlar bazasida korxona holatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuzilgan bildirgilari 
kiritiladi. 
Dasturiy mahsuldagi tashqi ma’lumotlar kiritilishidan tashqari davlat soliq inspeksiyasining 
ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish yo‘li bilan ham shakllanadi. 
Хususan, dasturiy mahsulga yuklangan faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonaning soliq qarzdorligi, 
hisob raqami, korxona rahbari va bosh hisobchisi, holati, statusi kabi ma’lumotlarni davlat soliq 
inspeksiyasining ma’lumotlar bazasidan olinadi.
Mazkur nizomga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul xodim 
tomonidan dasturiy mahsulga to‘liq kiritib boriladi. 
Хususan: 
- markaziy bank tomonidan muntazam yuboriladigan faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturiy mahsulga yuklab borish; 
- tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni; 
-ma’lumotlar bazasida faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning holatlarini o‘zgartirish bo‘yicha 
tuzilgan bildirgilarni; 
- hududiy «Maxsus kommisiyalar»ga yuborilayotgan (so‘rovnomalar)larni; 
-hududiy «Тadbirkorlik subyeklarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari»ga yuborilayotgan 
(taqdimnomalar)ni; 
- hududiy «Maxsus komissiya»ning tegishli xulosa va qarorlarini; 
- xo‘jalik sudining hal qiluv shu jumladan bankrotlik to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlari; 
- tadbirkorlik subyektlarini tuman (shahar) reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi Hokimning 
qarorini; 
- Nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan vazifalar to‘g‘risida ularning 


125 
sabablarini; 
- yil davomida tugatilishi rejalashtirilgan korxonalar to‘g‘risidagi malumotlar (DSQ tomonidan 
tasdiqlangan varianti)ni;
- dasturiy mahsulni ishlatish davomida aniqlanayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish 
to‘g‘risida DSB mas’ul xodimiga axborot va takliflarni kiritib borish; 
shuningdek, dasturiy mahsulda hisobotlar to‘g‘ri shakllanishini nazorat qilib borish vazifalarini 
amalga oshiradilar. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling