Qo’shimcha ma’lumotlar: Ba’zi qidiruv tizimlari izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo‘yicha izlash imkoniyatini beradi. Mavzular nomi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Ramblerning mavzular ro‘yxatiga «Sport», «Kino va musiqa», «Texnologiyalar», «O‘yinlar» kabilar kiritilgan. Tavsiya etilgan mazvu tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot Internetning faqat tanlangan bo‘limga tegishli õujjatlari ichidan izlanadi.
Nazorat savollari: 1. Internetdan kerakli axborotni topish uchun nimalarni bilish kerak? 2. Internet axborot qidiruv tizimlari haqida so‘zlab bering. 3. Qanday qidiruv tizimlari manzilini bilasiz?
|
O’quvchilarni baholash.
|
Uyga vazifa: «Obhavo.uz» saytidan ertangi kun obhavosi haqida ma’lumot oling.
|
Fan o’qituvchisi: Raxmonova Shaxnozaxon
IV-chorak
Mavzu: 27. ELEKTRON POCHTA
Fan: Informatika
Qisqacha tezis : Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo‘lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchilari o‘z elektron manzillariga ega bo‘lib, uni websahifa manzilidan oson ajratish mumkin: @
. Elektron pochta manzilida albatta «@» («tijoratdagi et» yoki boshqacha nomi «kuchukcha») belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@xtv.uz. Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo‘lish uchun, Internet tizimida aniq elektron manzilga ega bo‘lgan «pochta qutisi»ga ega bo‘lish lozim. Pochta qutisi – Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |