«Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi


Download 94.13 Kb.
bet31/36
Sana21.06.2023
Hajmi94.13 Kb.
#1642641
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
7-sinf uchun

Qo’shimcha ma’lumotlar: Barcha moddiy narsalar kabi axborot ham o‘z qiymatiga ega. Shuning uchun biror foydani ko‘zlab axborotni «o‘g‘irlash», «buzish», «keraksiz ma’lumotga to‘ldirish», axborot saqlanadigan qurilmalarni ishdan chiqarish hollari hayotda uchramoqda. Demak, bu kabi zararli ishlardan himoyalanish dolzarb vazifadir.

Nazorat savollari:
1. Axborotlarni himoya qilish nima uchun kerak?
2. Internet orqali kompyuter va uning axborot resurslariga qanday zarar yetkazilishi mumkin?
3. Viruslarning qanday guruhlari bor?
4. Fayl viruslari qanday «ko‘payadi»?

O’quvchilarni baholash.

Uyga vazifa:4-mashq

Fan o’qituvchisi: Raxmonova Shaxnozaxon

Sana:







Sinf:

7-A

7-B

Mavzu: 30. Amaliy mashg’ulot
Fan: Informatika

Qisqacha tezis : Axborot bilan ishlashda axloqiy va huquqiy me’yorlar
Lotin tilidagi media (medium) so‘zi o‘zbek tilida vosita, vositachi, muhit ma’nolarini bersa ham, hozirgi kunda bu so‘z ingliz tilidagi mazmuniga mos radio, televideniye, mobil telefon va Internet vositalarini o‘z ichiga oluvchi «ommaviy axborot vositalari» kabi tushunilmoqda. Ma’lumki, ushbu vositalar orqali turli mazmunda juda katta hajmdagi axborotlar o‘tmoqda. Bu axborotlardan qaysi biri foydali, qaysi biri g‘arazli ekanini ajratib olish oson emas. Ayniqsa, Internet tizimida yoshlarning dunyoqarashiga, g‘oyaviy tarbiyasiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, odob­axloq va huquqiy me’yorlarning buzilishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar ko‘p. Bunday ma’lumotlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: • yot, buzg‘unchi g‘oyalar (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm); • chet el yashash tarziga xos, lekin milliy mafkura va madaniyatimizga zid g‘oyalar, qarashlar (kiyinish, chekish, pirsing, tatuirovkalar va hokazo); • tekshirilmagan yoki soxta ma’lumotlar; • axloqsiz voqealarni o‘z ichiga olgan axborot (rasm, video, hikoya)lar.

Qo’shimcha ma’lumotlar: Internet tarmog‘ida ishlaganda axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya qilgan holda ma’lumot yuborish, olinayotgan ma’lumotlarni milliy mafkuramiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, muqaddas urf­odatlarimizga zid, qonunlarimizga xilof emasligini aniqlay olish savodxonligiga ega bo‘lish muhimdir. Bunday savodxonlik media-savodxonlik deb ataladi.


Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling