Quyida ijtimoiy infratuzilmaning tarkibi keltirilgan:
Aholining ijtimoiy infratuzilma xizmatlari bilan ta’minlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi, chunki xodimlar yashash va dam olish sharoitlarining yaxshilanishi, ular malakasining oshishi mehnat unumdorligining o’sishiga imkon beradi. Lekin, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bu muhim yo’nalishga yetarlicha e’tibor berilmagan edi.
Hozirda Respublikada qishloqning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanish darajasi, daromadlar miqdori qishloq xo’jaligining malakali kadrlar bilan mustahkamlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Bunday sharoitda dehqonchilikda fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanishga katta imkoniyat yuzaga keladi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yaxshi rivojlangan xizmat ko’rsatish shahobchalari qishloq xo’jaligi xodimlariga ish vaktidan unumli foydalanishga, o’z shaxsini rivojlantirishga katta e’tibor berishga va ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishga imkon beradi. Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |