Ing 18 – guruh talabasi


Download 35.85 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi35.85 Kb.
#197351
  1   2   3   4
Bog'liq
mahliyo 1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

XORIJIY TILLAR FAKULTETI

INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI


11-11 ing 18 – guruh talabasi


Hamroyeva Mahliyoning

“Ingliz va o'zbek tillarida so’zning morfologik qurilishi”

mavzusidagi

KURS ISHI

5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)

Buxoro -2020

Mundarija

Kirish


1.So’zning qurilishi haqida umumiy ma’lumot …………………………….….3

2. Ingliz va o’zbek tillarida so’zning morfologik qurilishi haqida farqlari ….....6

3. Ikki tilda so’z qurilishining o’xshashliklari va farqli tomonlari ……………12

Xulosa ...……………………………………………….…………………….…29

Foydalanilganadabiyotlar ro’yxati …….……………………………………….31

Fan, texnika va texnologiyalar yutuqlar asosida ta’lim tizimini isloh qilishda davr sinovlaridan o’tgan ilg’or tajribalarni o’rganish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ularning joriy etilishini ta’minlash raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim omili sanaladi. Amaldagi Davlat ta’lim standartlari, o‟quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish ehtiyoji ham ana shu islohotlar natijasida yuzaga keldi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‟rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi PQ-1875-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta‟minlash maqsadida “Oliy ta‟lim muassalarida chet tillarni o‟qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi” ishlab chiqilgan bo‟lib, unda chet tillar bo‟yicha Davlat ta‟lim standartlari, o‟quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish va bosqichma-bosqich o‟quv jarayoniga tatbiq etish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumyevropa kompetensiyalari: o‟rganish, o‟qitish va baholash” to‟g‟risidagi hujjatida til egallashga qo‟yiladigan talablar va mezonlar e‟tiborga olingan holda O‟zbekiston uzluksiz ta‟lim tizimida chet tillarini o‟rganishning yagona maqsad va vazifalari belgilanib, chet tillari bo‟yicha ta‟limning barcha bosqichlari bitiruvchilari tayyorgarlik darajasiga qo‟yiladigan Davlat ta‟lim standarti talablari ishlab chiqildi. Chet tilini egallash darajalarini o‟zida aks ettirgan mazkur standart , O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar bo‟yicha ta‟limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‟yiladigan talablar” to‟g‟risidagi 124-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Yangilanish jarayonida ta‟lim tizimini mukammallashtirish maqsadida Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumyevropa kompetensiyalari: o‟rganish, o‟qitish va baholash” to’g’risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) va O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta‟lim tizimida chet tillarni o‟rganishga qo‟yiladigan talablar e‟tiborga olindi. Ta‟lim tizimi islohotining o‟zbek modeli tamoyillarini belgilab bergan ushbu dasturdagi vazifalarni amalga oshirishda tilshunos olimlar ham o‟z hissalarini qo‟shmog‟i lozim. Milliy dasturning asosiy maqsadi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‟ljalni to‟g‟ri ola bilish mahoratiga ega bo‟lgan, istiqboldagi vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir “kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‟naltirilgan” (Kadrlar tayyorlash milliy dasturi)1

Yetuk kadrlar tayyorlash, nutq madaniyatini shakllantirishning samaradorligini oshirish maqsadida til tizimiga oid hodisalarning tub mohiyatini aniqlash, ularning insoniy faoliyat jarayonida tutgan o‟rni, bajaradigan vazifalarini ravshan tasavvur qilish ehtiyoji tug‟iladi. Bu esa, o‟z navbatida, til tizimini ilmiy tahlilning yangi metodologik g‟oyalar zaminida tarkib topayotgan yo‟nalishlar, uslublar asosida o‟rganishni taqozo etadi.

Biz germanistika va umumiy tilshunoslikka oid muammolar yechimida jahon fani yutuqlariga suyanmog‟imiz va ulardan unumli foydalanmog‟imiz darkor. Jumladan, oxirgi yillarda til va nutq tizimlariga bir xil tegishli bo‟lgan murakkab sintaktik qurilmalari orasidagi sinonimiya hodisasining kommunikativ ma‟no xususiyatlari, tipologik-qiyosiy belgilarini o‟rganishga bag‟ishlangan qator tadqiqotlar bajarildi (Conrad and Schousboe, 1992; Cook, 1992; Allan, 1986; Золотова .,1998;).

Biroq hali bu sohada bajarilishi lozim bo‟lgan ishlar ham anchagina. Tilshunoslik fanida asosiy e‟tibor pragmalingvistik, kognitiv tilshunoslik tadqiqotlariga hamda til hodisalari mazmuniy tomonining tahliliga antroposentrik yondashuv yo‟nalishlari taraqqiy etayotgan bir paytda (Демьянков, 1995; Зарецкая, 1998; Исламджанова, 2000;) o‟zbek tilshunoslari ham bu sohadalardan chetda qola olmaydilar. 1


Download 35.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling