Ingenerlik geodeziyasi


 Invar sim bilan chiziq o`lchash


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/81
Sana18.11.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1785691
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Bog'liq
Ingenerlik geodeziyasi

3.6.4. Invar sim bilan chiziq o`lchash.  
Chiziq uzunligini yuqori aniqlik bilan o`lchashda 65% temir, 35% nikeldan 
iborat qotishmadan tayyorlangan 24 m li sim ishlatiladi. Uning ikki uchiga 
millimetrlarga bo`lingan 15 sm li metall yasalma (shkala) mahkamlangan bo`lib, 
simning uchlari ikkita shtativ ustiga qo`yilib, 10 kg yuk bilan tarang tortiladi va shu on 
shtativlar ustidagi o`tkir belgi bo`yicha shkalalardan millimetrning 0,1 bo`lagigacha 
aniqlikda sanoq olinadi (68-rasm). Olingan sanoqlar bo`yicha chiziq uzunligi 
aniqlanadi. Invar sim yordamida chiziq 1:1 000 000 aniqlikda o`lchanadi.


1
1
Dlinomer va chiziq o`lchash. Poligonometriyada chiziq uzunligini o`lchashda 
AD1M shifrli dlinomer (uzunlik o`lchagich) ishlatiladi. U diametri 0,8 mmli po`lat 
simdan yasalib, ikki uchiga shkalali disk o`rnatilgan, simning uzunligi 500 m, u diametri 
160 mmli babin, 2 ga o`ralgan (69-rasm). Sim ikki uchidagi shkaladan 5 shtativ ustidagi 
moslama bo`yicha sanoq olinadi.
68-rasm. 
Dlinomer va chiziq o`lchash  
69-rasm. Dlinomer va chiziq o`lchash sxemasi
Simning bir uchi uzangiga o`xshash moslama 9 ga mahkamlanadi, ikkinchi 
uchiga 15 kg li yuk osiladi, bunda 1:10 000 aniqlik bilan o`lchash mumkin. 1:5000 
aniqlik bilan o`lchash uchun dinamometr ishlatiladi. Shkala qiymata 5 mm bo`lib, sim 
tarang tortilgach, ikki fiksator va doiraviy shkala bo`yicha santimetr va millimetr 
sanoqlari olinadi. O`lchash va hisoblash invar simidagi kabi bo`ladi.
VNIMI zavodi chiqaradigan AD-1 m ishforli dlinomer ham ishlatiladiki, unda 
chiziq po`lat sim yordamida o`lchanadi.
Keyingi davrda chiziq uzunligini o`lchashda turli ko`rinishdagi dalnomerlar 
ishlatila boshlandi. Dalnomer, ularning turi va ishlatilishi bilan taxeometrik s`yomka 
haqidagi ma`ruzalarimizda tanishamiz.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling