Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
Eklimetrlar.
Qiyalik burchagini o`lchashda turli ko`rinishdagi eklimetrlarishlatiladi. Eklimetr oddiy, doiraviy va to`rtburchaklik shaklda bo`ladi. Oddiy eklimetrning tuzilishi va ishlatilishi 65-rasmda ko`rsatilgan. A nuqtadagi tayoq uchiga o`rnatilgan va markaziga shovun osilgan transportirning asosi OShV nuqtadagi vexada belgilangan asbob balandligi K nuqtaga to`g`rilanadi. Shunda shovun ipidan olingan sanoq qiyalik burchagi bo`ladi. Shaklda AO=BK=i—asbob balandligi, OA— shovun yo`nalishi. 1 1 65-rasmda. Oddiy eklimetrda qiyalikni o`lchash Doiraviy eklimetr. 66-rasmda ko`rsatilganidek metall quticha 1 ichida mayatnikli disk 8 gorizontal o`q OO 1 atrofida bemalol aylanadigan qilib ishlangan. Disk (g`ildirak) gardishi 63-rasmning o`ng tomonida ko`rsatilgandagi kabi, 0 dan +60° gacha bo`lingan, yuqoriga qaralganda + ishorali, pastga qaraganda — ishorali bo`laklar ko`rinadi. Diskka og`ir yuk 7 mahkamlanganidan OO 1 o`q hamma vaqt gorizontal turadi. Quti ustidagi prujinali knopka 6 bosilsa, disk OO 1 o`qda mayatnik kabi harakat qilib, gorizontal vaziyatda to`xtaydi. Quti yoniga to`rtburchaklik shaklidagi vizirlash (ko`rish) trubasi 5mahkamlangan, uning bir uchidagi trubkachaga ko`z dioptri (tirqish) 4, ikkinchi uchiga narsa dioptri 10 o`rnatilgan. 66-rasm. Doiraviy eklimetr va bo`laklari: 1 — quti (korobka); 2—darcha;3—lupa; 4—ko`z dioptri (tirqish); 5— ko`rish trubasi;6—piston; 7—og`ir yuk; 8—mayatnikli g`ildirak (disk);9— obvodka (tegirchak);10—narsa dioptri. 67-rasm. Eklimetr bilan chiziqning vertikal burchagini o`lchash 1 1 Eklimetr bilan AV chiziqning (67-rasm) vertikal burchagini o`lchash uchun A da turib, V dagi vexada kuzatuvchining balandligi i belgilanadi, shu nuqtaga ko`z dioptridan qarab, sim 10 to`g`rilanadi va knopka bosiladi, disk to`xtagach, darcha 2 dan lupa orqali qarab, ko`ringan bo`laklardan sim bo`yicha sanoq olinadi; bu sanoq vertikal burchak v qiymati bo`ladi. Bunda burchak ±30' aniqlik bilan o`lchanadi. Eklimetrni tekshirish. Eklimetr ishlatishdan oldin quyidagi shart bo`yicha tekshiriladi. Eklimetr mayatnigi vertikal turganda halqasining nol diametri gorizontal bo`lishi kerak. Buni tekshirish uchun A nuqtada turib, V nuqtadagi vexaga qaraladi-da v 1 sanoq olinadi (67-rasm). Keyin V nuqtada turib, A dagi vexaga qaraladi va v 2 sanoq olinadi. Agar asbob to`g`ri bo`lsa, bu sanoqlar teng bo`lishi kerak; bu sanoq vertikalburchak bo`ladi. Teng bo`lmasa, vertikal burchak 1 2 bo`ladi (14) 2 Nol diametr gorizontal bo`lmay, qiya bo`lsa va gorizontal chiziq bilan x burchak hosil qilsa, bu xato х 1 2 bo`ladi (15) 2 Bu xato eklimetr yukini x qadar surish yo`li bilan tuzatiladi. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling