Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4. Sun`iy yo`ldoshdan joyni aniqlash
1 6 Koordinata to`rini Drobo`shev chizg`ichi yordamida chizish. Drobo`shev chizg`ichi kengligi 50 mm va qalinligi 5 mm bo`lgan metall tilimi (tasma) (3 shakl) ko`rinishida bo`ladi. Chizg`ich bir cheti va tomoni qayralgan. Chizg`ich oltita to`g`ri burchakli teshik va ushlash uchun qulaylik uchun ikkita 3 tutqichdan iborat. Har bir to`g`ri burchakli teshikning bir tomoni qayralgan. Teshikning qayralgan chetlari orasidagi masofa 100 mm ga teng. Qayralgan tekislik o`rtasi shtrix bilan belgilangan. 100-rasm. Drobishev lineykasi 5.3.5. Teodolit bilan plan olish. Chizg`ich 50x50 sm bo`lgan koordinata to`rini chizishga mo`ljallangan. Unda tomonlari 40x30 sm to`g`ri burchakli koordinatalar to`rini chizsa ham bo`ladi, chunki 50 40 2 30 2 . Koordinata to`ri quyidagi tartibda chiziladi. Qog`ozning qirqilgan tomonidan 50 mm qoldirib, Drobo`shev chizg`ichini qo`yib o`tkir qalam uchi bilan chiziq chiziladi. 1 6 101-rasm. Teodolit syomkasi natijasida hosil bo`lgan joyning plani 5.4. Sun`iy yo`ldoshdan joyni aniqlash Mazkur bobni ko`rib chiqishdan oldin, o`quvchiga mahalliy va global geoid va ellipsoidlar to`g`risida hamda balandliklar to`g`risida bilimlarni egallab olishi kerak. Sun`iy yo`ldosh yordami bilan joyni qayd qilish tushunchasi SSSR tomonidan 1957 yilda birinchi sun`iy yo`ldoshni uchirish bilan boshlandi. Bundan keyin AQSH ning Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan Harbiydengiz navigatsiya sun`iy yo`ldosh tizimi rivojlantirila boshlandi. Bu, ko`pincha Tranzit tizimi deb ataladigan tizim butun dunyo miq`yosida AQSHning suv osti kemalari flotining navigatsiyasini ta`minlash uchun yaratila boshlangan edi. Tranzit tizimi 1967 yilda aholi sohasida ham foydalanilishi mumkin bo`ldi. Ammo, u juda ko`p uzoq kuzatuvlarni talab qilgani va nisbatan past aniqlikka ega bo`lganligi sababli, undan foydalanish geodeziya va navigatsiya bilan cheklanib qoldi. 1 6 1973 yilda AQSHning Mudofaa vazirligi vaqtni va harakat doirasini hisobga oladigan navigatsiya tizimini NAVSTAR (Navigation System with Time and Ranging) – joyni aniqlash global tizimini (global positioning system (GPS)) rivojlantira boshladi va birinchi sun`iy yo`ldoshni 1978 yilda uchirgan edi. Bu sun`iy yo`ldoshlarlar 1987 yilda majud bo`lgan boshqarish tizimi bilan asosan tajriba tusiga ega edi. Hozir GPS sun`iy yo`ldoshlarlari to`liq boshqaruvchan bo`lishi bilan, nisbiy joyni birnecha millimetrlar aniqligida juda qisqa kuzatuv muddatida bir necha minutda aniqlashga yerishish mumkin. 5 km dan ortiq masofalar uchun GPS, EDM traverzasi bilan o`lchashdan aniqroq bo`lmoqda. SHuning uchun u geodeziyada keng qo`llanila boshladi va uning ta`siri EDM ni yaratishdan ham muhimroqdir. GPS yuqori aniqlikka yerishishdan tashqari, quyidagi muhim afzalliklarni bermoqda: - o`rin bevosita X, Y, Z koordinatlar tizimida berilmoqda; - er yuzidagi punktlarning o`zaro ko`rinishi zarur emas; - har bir nuqta alohida qayd qilinganligi sababli, tarmoqdagi kabi, tarqalish xatolari mavjud emas; - s`yomka nuqtasi endi o`zining talab qilinadigan vazifasiga muvofiq tanlanadi, yaxshi shartlarga javob beradigan shakllar tizimini yaratish uchun emas; - operatordan yuqori kasbiy mahorat talab qilinmaydi; - joy yer yuzida, dengizda yoki havoda qayd qilinishi mumkin. Bu oxirgi qobliyati havo fotogrammetriya sohasiga katta ta`sir qilishi mumkin; - o`lchovlar kechasi yoki kunduzi, suvda yoki havoda, yer sharining har qanday nuqtasida, vaqtida va ob-havo sharoitida amalga oshirilishi mumkin; - o`zgarishlar ustidan nazoratni yanada takomillashtirib, uzluksiz o`lchovlarni bajarish mumkin. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling