Ingliz adabiyotshunosligi
Yozuvchining hindular hayoti aks etgan asarlari xususida
Download 122.58 Kb.
|
Magistrlik dissertatsiyasi
Yozuvchining hindular hayoti aks etgan asarlari xususida
XIX asr Amerika adabiyotida romanlar juda kuchli mavqega ega edi. Mamlakat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotining tarixiy sharoitlari tufayli tanqidiy-realistik roman Amerika adabiyotida o‘zining munosib timsolini topa olmadi. Buning asosiy sababini, Amerika madaniyatining boshqa ko'plab anomaliyalari kabi, 19-asrdagi Qo'shma Shtatlardagi ijtimoiy ongning qoloqligidan izlash kerak. Amerika adabiyotining XIX asrda ijod qila olmasligi buyuk ijtimoiy roman, birinchidan, uning tayyor emasligi, tarixiy tajribaning yo'qligi va bu tajribani Evropa adabiyotida idrok etishni istamasligi, ikkinchidan, har qanday ijtimoiy voqelik rassomning tushunishi uchun taqdim etadigan jiddiy ob'ektiv qiyinchiliklar bilan izohlanadi. Romanning gullab-yashnashining sabablaridan biri Amerikada o'sha paytdagi hayotning shiddatliligi, shuningdek, Amerika adabiyotining "jurnal usuli". Amerika hayotida muhim rol o`ynadi. Shu davr ijodkorlaridan biri Fenimor Kuper ijodi o`ziga xos xususiyatlari, xususan demokratizm, insonparvarlik, oddiy kishilar hayotini, xususan hindular hayotini aks ettirishi bilan diqqatga sazovor. Kuper hindular hayotining tarixi yoki urf odatlari haqida izlanishlar olib bormagan. O`zining izlanishlarida u hindlarning noyob xususiyatlariga e`tibor qaratgan. Kuper hindularga millat yoki kabila sifatida emas alohida individual sifatida qiziqish bergan va u hindularni yaxshi va yomon(Mingolas) hindularga ajratgan. Shuni aytish joizki, Kuper asarlarida juda ham kam yaxshi hindularni ko`rishimiz mumkin. Asarlarida ko`pchilik hindularni yovuzlik, terror va qo`rquvni namoyon etuvchi Mingolar tashkil qilgan. Yovvoyilar ko`rinishi va harakatlari iblisnamo va makkor sifatida tasvirlangan. Shularga qaramay, Kuper hindularning g`amgin, ko`ngilchan va fojiali tomonlarini ham e`tibordan chetda qoldirmaydi. Hattoki Kuperning Mingolari ham o`zlarining ayyorligi va sotqinligidan keyin azoblanganlar. “Metin yurak qissasi” asari qahramoni, Rivenuk, Mingolar yo`lboshchisi, qamoqqa olingandan so`ng o`zini mag`rur tutgan. Kuperning nazarida u qadimiy hindular an`analarining himoyachisi sifatida namoyon bo`lgan. Garchi hindularning ko`p`chiligi vahshiy va qonxo`r bo`lishgan va bu Kuper romanlarini qo`rqinchli, hayajonlantiruvchi sarguzasht asarlarga aylantirgan. Garchi son jihatdan kamchilikni tashkil qilgan bo`lsada yaxshi hindular “Jun paypoq” asari romanlarida salobatli va oliyjanob sifatida tasvirlanganlar. Va ular Mingolardan farqli o`laroq kishilarga hech qanday ziyon yetkazganligi Kuper asarlarida kuzatilmaydi. Kuper hindularning yovuz va ezgu xususiyatlarini hamohanglikda tasvirlashga harakat qilgan. Kuper oliyjanob g`oyali va sharafli hindularni ideallashtiradi. Kuper Amerika adabiyotiga hindularning mamlakat boshqaruvi uchun kurashi mavzusini olib kirishda ulkan muvaffaqiyatga erishdi. Garchi uning asarlari tarixiy va ilmiy tomondan asoslanmagan bo`lsada uning romantizmida millat gumanizmi g`oyalari yuqori baholangan. Yozuvchining “Izquvar” (1840), “Ovchi” (1841) kabi romanlari uning hind qabilalari hayotini aks ettiruvchi, mashhur Charm Paypoq haqidagi romanlari sirasiga kiradi. Bu silsilaga kiruvchi romanlar yozuvchi ijodining ilk pallalarida ham yaratilgan edi.33 “Josus” (1821), “Lokman” (1823), “Pionerlar” (1823), “Boston qamali” (1825), “So`nggi Mohikan” (1826) kabi romanlarida adib Amerika hayotidagi adolatsizliklarni, hind qabilalarining vahshiylarsha qirib tashlanayotganligini qoralaydi. Bu romanlarning qahramonlari vatanparvarlik, ozodlik ideallarini o`zlarida mujassamlashtiradilar. Ular yozuvchiga shon-shuhrat keltiradi. Masalan: “Pionerlar” (1823), “So`nggi Mohikan” (1826), “Preriya” (1827). Charm Paypoq to`g`risidagi beshta romanning umumiy qahramoni ovchi Natti Bumpodir. Kuper laqabi Charm Paypoq bo`lgan qahramonining mardligi, jasurligi, do`stlikda mustahkam sadoqat egasi ekanligini madh qiladi. Charm Paypoq to`g`risidagi seriyaning birinchi romani “Pionerlar” da qahramon Natti Bumponing qarigan yillari hikoya qilinadi. Kuper laqabi Charm Paypoq bo`lgan qahramonning mardligi, jasurligi, do`stlikda mustahkam sadoqat egasi ekanligini kuylaydi. Natti Bampo dovyurak inson oq tanlilar uchun Amerikaning odam oyog`i tegmagan o`rmonlaridan yo`l ochgan, hindu qabilalarining yerlarini sivilizatsiyalashtirishning pioneri bo`lgan. Uning do`sti Jon Mohikan hindular qabilasi boshlig`ining ham keksayib qolgan davri tasvirlanadi. Asarda ular mustamlakachilar, boylik ketidan quvgan taʼmagir kishilarga zid qo`yilgan. Kuper qahramoni Natti Bampo o`zining haloligi, sofdilligi bilan burjua tartiblarini o`rnatayotgan kishilardan ustun turadi Natti Bampo haqidagi ikkinchi roman “So`nggi Mohikan” da Angliya bilan Fransiya o`rtasidagi bosqinchilik urushlari hikoya qilinadi. Ingliz bosqinchilari bilan fransuz mustamlakachilari hind qabilalarini shafkatsiz qirib tashlayotgani manzarasi chizib beriladi. Bu romanda Natti Bampo ingliz razvedkachisi Burgut ko`z laqabi bilan, hind qabilasidan bo`lgan Jon Mohikan esa Chingachkuk laqabi bilan qatnashadilar. Fenimor Kuper «So`nggi Mohikan” romani bilan hindu qabilalarini qirib yuborayotgan oq tanlilar va qizil tanlilar (hindular) o`rtasidagi xusumatning keragi yo`q edi, degan xulosani chiqaradi. Kuper gumanizmining ahamiyati ana shunda. Charm Paypoq haqidagi uchinchi roman “Preriya” da Amerika tabiatining go`zal manzarasi chizib beriladi. Asarda tabiat o`zining butun qudrati, salobati bilan harakat qiluchi kuch sifatida tasvirlanadi. Fenimor Kuperning romannavis sifatida ulkan xizmatlaridan biri shu ediki, u romanga tabiatni estetik kategoriya sifatida kiritadi. Asar qahramoni Kari Natti Bampo ajoyib husn egasi bulgan tabiatning oq tanli mustamlakachilar tomonidan achinish tuyg`usi bilan eslaydi. Tabiatga va shuningdek, hind qabilalariga nisbatan qilinayotgan vahshiylikni qattik qoralaydi. Amerika Qo`shma Shtatlarini bosib olishga bag`ishlangan silsilaning so`nggi romanlari “Izquvar” hamda “Ovchi” asarlarida yozuvchi yana XVIII asrga murojaat qiladi. Bu davrda mustamlakaga aylantirish endi boshlangan edi. Mazkur romanlarda ham erkin, ozod hind qabilalarining hayotini bosqinchi oq tanlilar hayotiga qarama-qarshi qo`yib, yozuvchi hind qabilasidan chiqqan qahramonlarning har jihatdan ustun turuvchi fazilatlarini madh qiladi. Fenimor Kuper ijodi, ayniqsa hind qabilalari hayotiga oid asarlari, Rossiyada ham, Yevropada ham keng shuhrat qozondi. Mashhur yozuvchilar Balzak, Jorj Sayd Amerika yozuvchisining talantiga yuqori baho berdilar. Kuper asarlaridagi insonparvarlik, oddiy kishilarning oliyjanob ishlari, vatanni sevish, ona tabiat jamoli bilan faxrlanish hislari bizlarga juda yaqin. Kuper ijodida burjua tuzumi, uning vakillari oyog`i yetgan joyda inson qadri yerga urilishi, erk, ozodlik, demokratik tushunchalar oyoq osti qilinayotganligi qoralanadi. Fenimor Kuper asarlari jahondagi juda ko`plab tillarga tarjima qilingan. Hozirgi vaqtda Kuperning “So`nggi Mohikan”, “Chingachguk — ulkan Ilon”, “Izquvar”, “ Josus”, “Chingachguk fojeasi”, “Metin yurak qissasi “ romanlari o`zbek tiliga o`girilgan.34 Amerika yozuvchisining hindilar, hayotini aks ettirgan, romantikaga boy asarlari o`zbek kitobxonlarining mehr-muhabbatini qozongan.35 “Jun Paypoq hikoyalari” besh qismdan iborat bo`lib, Natti Bamponing yigirma yoshligidan to to`qson yoshligigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu asarlar Amerika romanchiligining eng ko`zga ko`rinarlilaridan hisoblanadi. Quyida uning beshlik turkumidagi to`plamidagi besh asar nashr qilinish xronologiyasi bo`yicha emas, balki bosh qahramon Natti Bamponing hayot yo`li tartibida keltiriladi. Yozuvchi asar qahramoni Natti Bamponi oq tanli ideal kishi, hindular do‘sti sifatida tasvirlaydi, u hindularga do`st bo`lgani uchun ular udumlarini urf-odatlarini o`rganadi, uning ularga sodiqligi tufayli, indeyslar Bamponi turli ijobiy maʼnodagi nomlar bilan ataydi. O`sha nomlarga Bampo xarakteri , xatti-harakati mos keladi. Indeyslar Bamponi ― True Tongue – haqiqatni so‘zlov deb ataydilarchi, u hech qachon yolg`on gapirmagani uchun shunday ataganlar. Dog Ear deb atashiga sabab esa uning yaxshi ovchi bo‘lgani. It quloq, yaʼni itdek tez eshitadi, tez payqaydi degani. Hawk Eye ― butgut ko`z, qiyg`ir ko`z deb atashga sabab, uzoqni ko`radi, tez ko`radi, sezgir, yaʼni burgutday ko`rib o`z o`ljasiga erishadi, deb musoboqalarda yutib yurgan Bamponi shunday atashgan. A Long Rifle deb ham uni nomlaydilar, u doim dushmanga jangga kirishda uzun miltiq olib yurar ekan va bir g`alati oyoq kiyimi ham kiyar ekan, shuning uchun uni Leather Stocking ― Charm paypoq degan nomni ham Bampoga nisbatan ishlatganlar. Shuningdek, Kuper asarlarida Bloody Pond, Open Hand, Great and Good Spirit, Great Snake kabi nomlar ham hind qahramoniga nisbatan ishlatilgan, ular maʼnolari ham asar qahramoni Bampo xarakteriga, harakatiga to`gri keladi. “Chingachguk ulkan ilon” – bu romanda Natti hindu Chingachguk tomonidan o`rmon yo`llari o`rgatilayotgan bir yosh bola sifatida namoyon bo`ladi. O`zbek yoshlari ona tillarida 1971-yilda birinchi marta buyuk adibning «Chingachguk ulkan ilon” romani bilan tanishdilar. Romanni “Yosh gvardiya” nashriyoti Erkin Mirobidov tarjimasida bosib chiqardi. Har bir xalqning ozodligi va mustaqilligi g`oyalarini insonning tabiatga yaqinlashish hamda madaniy olam illatlaridan uzoqroqda yurish yo`lidagi intilishlarini, maʼnaviy poklikni kuylash romanning yaxlitligini tashkil qiladi. Asarning o`ziga xos individual uslubini bera bilish, olis yillar ruhini, odam oyog`i yetmagan g`aroyib o`rmonlar va ko`llarning romantik manzaralarini yozuvchi va roman qahramonlarining yevropacha fikrlash tarzini to`g`ri aks ettirish mutarjimdan ko`p mehnat va mahorat talab qilar edi.36 Zahmatkash tarjimon E. Mirobidov buning uddasidan chiqqan. Bu asar 1750-yillarda g`arbiy Nyu-Yorkda yozilgan. Unda Natti istamagan holda uni o`ldirmoqchi bo`lgan hinduni o`ldirib qo`yadi. Bu hindu o`lar chog`ida Nattiga “Hawkeye”, yaʼni “Burgut ko`z” deb nom beradi. “ Hawkeye ” ham qahramon, ham simboldir. Kuper buni Yevropa va Hindular madaniyatinining qo`shma ikki kaloniyalik ramzi sifatida qo`llaydi. “Burgut ko`z” shuningdek, afsonaviy o`rmon qahramonining ham ramzidir. Bu shuni anglatadiki u burgutga o`xshab ko`zi o`tkir va juda yaxshi merganligi uchun ham Delavarlar tomonidan shunday nom berilgani unga.37 Garchi asarning 9-bobigacha Chingachkuk muhim rol o`ynamagan bo`lsada, u romanda 2 sababdan muhim hisoblanadi. Birinchidan u Natti Bamponing yaqin do`sti hisoblangan va ikkinchidan u hind qabilalarining oliyjanob xususiyatlarini yuqori darajada ijodalagan. Rivenukdan farqli ravishda u oliyjanob, yaxshi hindu hisoblangan va oq tanlilar bilan do`st tutinib, ular bilan tinchlikda yashash tarafdori bo`lgan. Shunga qaramay, Chingachkuk ham o`zining oq tanli ittifoqdoshlari Tom Hatter va Harrilarning qarashlariga tez-tez qarshi ham chiqqan. U o`zining hind merosi bilan faxrlanadi va haqiqiy do`stdir. Chingachkuk o`z fikrini ochiqchasi, to`g`rilik va haqqoniylik bilan ifodalaydi. “So`nggi Mohikan” - bu beshtalik turkumidagi asarlar orasida eng mashxuri bo`lib, Kuperning shoh asari hisoblanib, Mahalliy Amerika aholisining yo`qolib borishi va tahqirlanishi juda ajoyib tasvirlangan asardir. Asarning “Jun Paypoq” deb atalishiga sabab, Natti jundan tayyorlangan g`alati oyoq kiyimi kiyib yurardi. Shuning uchun ham odamlar uni jun paypoq deb atashgan.38 Bu roman 1757-yilda g`arbiy Nyu-Yorkda yozilgan bo`lib, bunda Nattining 27 yoshlar davridagi hayoti tasvirlanadi, Chingachguk va uning o`gli Unkas Mohikan, yaʼni Mahalliy Amerikaning Delavar qabilasidan qolgan oxirgi ikki kishi edilar. Qolgan qabila aʼzolari asar boshlanmasidan oldin o`lgan yoki o`ldirilgan edilar. Roman Unkasning boshqa bir hindu tomonidan o`ldirilishi bilan tugaydi. Chingachguk Unkasni Mohikanlarning oxirgisi deb hisoblaydi, lekin aslida Chingachgukning o`zi So`ngi Mohikan edi. Natti esa Unkasning qotilidan qasos oladi. “Izquvar” – bu beshlik turkumidagi romanlarning uchinchisi bo`lib, bunda Nattining sevib qolishi va uylanishiga yaqin bo`lgan vaqtlarni o`z ichiga oladi. Bu qismda Chingachguk bosh roldadir. Asar oxirida garchi Natti bir qizni sevsada, u qiz boshqasini sevishini aniq bilardi, shuning uchun ham u o`zini oliyjanoblik yuzasidan chetga oladi. Bu roman 1760-yillar atrofida Nyu-York va Kanada o`rtasidagi Ontario ko`li hududida yozilgan. Kuper “Josus” romanini tarixiy romanlar kitobxonlar tomonidan ijobiy qabul qilingan davrda yozgan. 1814-yilda Volter Skot birinchi bo`lib “Veyverli” nomli tarixiy romanni yozadi va bu roman AQSHda ko`plab nusxada sotiladi. 1820-yillarda tarixiy romanlar adabiy janrning eng mashhurlaridan biriga aylandi. Bu yillar ham millatchilik urushlari davom etgan davr hisoblangan. 1812-yilda AQSH va Britaniya o`rtasida bo`lgan urush voqealari ham Kuper singari yozuvchilarga asar yozish uchun yana bir mavzu bo`ldi.39 “Chingachguk fojeasi” – Bu asar garchi birinchi bo`lib nashr qilingan bo`lsada, Nattining hayot xronologiyasi bo`yicha to`rtinchi roman hisoblanadi. Bu qismda Natty Bampo asosiy qahramon emas va unda 1793-yillardagi voqealar tasvirlanadi. Bu davrda Nattining o`rta yoshlardan to oltmish yoshlargacha bo`lgan davri qamrab olingan. Bu ham g`arbiy Nyu-Yorkda yozilgan romandir. Chingachguk o`rmondagi yong`inda halok bo`ladi. Aslida esa uning o`zi yong`indan qochishga harakat qilmaydi, chunki bu bilan u Mahalliy Amerikaliklarni oq tanlilardan himoya qilmokchi edi. “Metin Yurak Qissasi” – bu roman Nattining Nebraska cho`laridagi deyarli to`qson yoshlar atrofidagi qarilik hayoti va uning o`limi haqida so`zlaydi. Bu 1820 yillarni o`z ichiga oladi. Natti hindu qabilalari bilan yashashi va uning o`limi qamda ko`mish marosimi bilan roman yakunlanadi. Katta preriya, chamasi, qizil tanlilarning so`nggi panoh-qo`nalg`asi bo`lib qolgan edi. Mohikanlaru delavarlar, kriklaru chokto va cheroqlarning qolgan-qutganlari qismatiga umrlarini ana shu bepoyon tekisliklarda tugatish bitilgandi. Bu mamlakatdagi hindularning umumiy soni bir-birovidan tamoman tafovut qiladigan hisob-kitoblarga ko`ra yuzdan besh yuz ming nafargacha boradi. Ularning aksar qismi Missisipining g`arbiy sohillaridagi yerlarda istiqomat qilardi. Asarda tasvirlanadigan zamonlarda ular o`zaro muttasil urush olib borishar, o`tli-qonli adovat avloddan- avlodga meros bo`lib o`tardi. Respublika ana shu ovloq o`lkada osudalik qaror topishi yo`lida talay chora-tadbirlar ko`rardi. Usha davrda sodir bo`lgan voqealar Katta preriyani malumu-mashhur qilib yubordi va u yerga sayohatlar tasviri yarim asr muqaddam Ogayo bilan Luizianaga safar qilgan ko`chmanchilarning hikoyalarini o`qishganidek chanqoqlik ila qiroat qiladilar. Mazkur kitob bilan Jun Paypoq haqidagi hikoya tugallanadi. Bu qismda yillar yuki ostida, Natti munkillab qolgan, na navkiron sayyodu na jangchi, qopkon bilan tirikchilik o`tkazuvchi trapperga aylangan, Ulug` G`arbda bundaylar oz emas. Boltalar sadosi uni o`z suygan o`rmonlaridan quvib solgan, bari narsadan umidi uzilib, taqdiriga tan berib, Qoyali tog`larga qadar cho`zilib ketgan yalang`och tekislikdan panoh izlaydi u. Umrining oxirini shu yerlarda o`tkazadi va bir-yarim qusuri bor, bo`lak ayb-illatu badkirdorlik neligini bilmaydigan, tabiatning o`zidek pokizayu halol, samimiyu diyonatli faylasuf-zoxid misoli olamdan kuz yumadi. Shu tariqa besh qismdan iborat to`plam ham yakunlanadi.40 Tanqidchilar Preriye asarining ajablanarli tuzilishi va uning kuchli va shiddatli voqealar rivojini alohida ta`kidlaydilar. Ishmayel Bash, fuqarolik qonunlari va yer egaligiga qarshi asar qahramoni, o`zining oilasi, rafiqasi, yeti o`g`li, no,ma`lum sonli qizlari va o`zining qayniog`asi, Abiram Vayt, shifokor Inez Midltonlarni G`arbiy Preriyega ko`chirib olib keladi. Bashning maqsadi sivilizatsiyaning cheklovlaridan qochish va o`zining fermasini bezdiruvchi mulk qonunlaridan uzoqda o`rnatishdir. Asarda uning nega o`g`rilik yo`liga kirganligi yoritilmagan. Va ular Preriyeda 87 yoshli Natti Bamponi uchratadilar. Asar davomida oq tanlilar ikkita ittifoqqa ajraladilar va keyinchalik ikkita Mahallik Amerika qabilasiga birlashadilar. Ikki ittifoq ham patriarxal ittifoqdir va Bush ham shular sirasidandir. U o`z qabilasini kuch bilan boshqaradi va o`z kuchi va to`g`riligiga ishonadi. Ikkinchi ittifoq esa oqillik va donolik ittifoqi bo`lib, bu Natti tomonidan boshqarilgan va Paul, Dunkan, Ellen va doctor Battiuslarni o`z ichiga olgan. Ko`plab kelishmovchiliklardan so`ng Ishmayel o`z ittifoqini Preriyadan olib chiqib ketadi. Fenimor Kuperning sevimli qahramoni Natti Bumpo Amerika taqdiri haqida o`ylar ekan, kirib kelayotgan burjua sivilizatsiyasining tabiatga, mahalliy xalq indeys qabilalariga tamomila yot ekanligini aytadi. Fenimor Kuper ijodi, ayniqsa hind qabilalari hayotiga oid asarlari, Rossiyada ham, Yevropada ham keng shuhrat qozondi. Mashxur yozuvchilar Balzak, Jorj Sayd Amerika yozuvchisining talantiga yuqori baho berdilar. Kuper asarlaridagi insonparvarlik, oddiy kishilarning oliyjanob ishlari, vatanni sevish, ona tabiat jamoli bilan faxrlanish hislari bizlarga juda yaqin. Insoniylik va vatan ozodligini e`zozlagan dunyodagi har bir kitobxon uchun Amerika adabiyotining ulkan vakillaridan biri Fenimor Kuper nomi yaqindan tanishdir. Fenimor Kuper asarlari ayniqsa, romantik, ajoyib-g`aroyib, shiddatli hamda qahramonona voqealarning shaydosi bo`lgan yoshlar uchun g`oyat azizdir. Shuning uchun ham uning vatanparvarlik, jasurlik va ma`naviy go`zallik sari jahonning barcha tillarida qayta-qayta nashr etilmoqda. Fenimor Kuper ijodi, ayniqsa hind qabilalari hayotiga oid asarlari, Rossiyada ham, Yevropada ham keng shuhrat qozondi. Mashhur yozuvchilar Balzak, Jorj Sayd Amerika yozuvchisining talantiga yuqori baho berdilar. Kuper asarlaridagi insonparvarlik, oddiy kishilarning oliyjanob ishlari, vatanni sevish, ona tabiat jamoli bilan faxrlanish hislari bizlarga juda yaqin. Insoniylik va vatan ozodligini e`zozlagan dunyodagi har bir kitobxon uchun Amerika adabiyotining ulkan vakillaridan biri Fenimor Kuper nomi yaqindan tanishdir. Fenimor Kuper asarlari ayniqsa, romantik, ajoyib-g`aroyib, shiddatli hamda qahramonona voqealarning shaydosi bo`lgan yoshlar uchun g`oyat azizdir. Shuning uchun ham uning vatanparvarlik, jasurlik va ma`naviy go`zallik sari jahonning barcha tillarida qayta-qayta nashr etilmoqda. Kuper o`z asarlarida Afrika, afroamerikalik va tub amerikalik obrazlarni qo`shgan birinchi yirik amerikalik yozuvchilardan biri edi. Xususan, tub amerikaliklar uning asarlarida asosiy rollarni o`ynaydi. Uning asarlarida ko`chmanchilar va amerikalik hindular o`rtasidagi munosabatlarga misol qilib keltirilgan. Ko`pincha, u mahalliy qahramonlarning qarama-qarshi fikrlarini, ularning yaxshilik uchun potentsialini tasvirlashga urg`u beradi. Download 122.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling