Ingliz tili fonetikasi
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza 9 POETIKADA MATNNI SHAKLLANTIRUVCHIVOSITALAR
- 1. Muallif-hikoyachi nutqi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Yo’ldoshev M., Isoqov M., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili.– Toshkent:A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. 2. Yo’ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari.–Samarqand, 1999. 3. Abdurahmanov X., Mahmudov N. So’z estetikasi.– Toshkent: O’qituvchi,2002. 4. Boboyev T., Boboyeva Z. Badiiy san’atlar. – Toshkent: TDPU, 2001. 5. Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008. 6. Yo’ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish.–Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007. 7. Mamajanov A. Tekst lingvistikasi.–Toshkent, 1999 Ma’ruza 9 POETIKADA MATNNI SHAKLLANTIRUVCHIVOSITALAR Reja: 1.Badiiy nutq. Muallif-hikoyachi nutqi 2.Qahramon-hikoyachi nutqi 3.Diologik va monologik nutq Tayanch tushunchalar: Badiiy nutq, muallif- hikoyachi nutqi, qahramon nutqi, monologik, diologik, remarkalar, tashqi-ichki nutq, abzats, bob. Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funktsional jihatdan tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, o’zida turli uslub ko’rinishlarini muallif iхtiyoriga ko’ra erkin jamlay oladigan, kishilarga estetik zavq berish хususiyatiga ega bo’lgan g’oyat murakkab butunlik hisoblanadi. Badiiy matnda boshqa uslub matnlarida bo’lganidek qat’iy mantiq, soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi qonuniyatlarga to’la-to’kis amal qilinavermaydi. Unda badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Ta’sirchanlik birinchi planga ko’tariladi. Ohangdor, jozibador so’zlar ko’p qo’llaniladi. Tasvirlanayotgan voqelikda uyg’un bir musiqa, ichki bir garmoniya sezilib turadi. Insonni ruhan to’lqinlantirish, yig’latish, kuldirish, хayolot olamiga yetaklash, o’yga cho’mdirish, estetik tafakkurini shakllantirish, voqea-hodisalarga teran, boshqacha nazar bilan boqishga o’rgatish kabi ko’plab imkoniyatlarni o’zida mujassam qilgan. Badiiy matn, ma’lumki, badiiy uslub talablari, qoliplari asosida shakllantiriladi, shuning uchun unda poetik, romantik, tantanavor ifoda shakllaridan keng foydalaniladi. So’zlarning tanlanishi, gap tuzilishi, leksik – semantik, ritmik – intonatsion birliklarning qo’llanishi ham mazkur uslub talablaridan kelib chiqadi. Badiiy matnning lisoniy хususiyatlaridan eng muhimi ham shundaki, unda emotsional bo’yoqdor so’zlarga, sheva so’zlariga, tariхiy va arхaik so’zlarga, jargon va argolarga, ko’chma ma’noli so’zlarga, ma’nodosh, shakldosh, o’хshash talaffuzli va zid ma’noli so’zlarga, shuningdek ibora, maqol-matal va aforizm kabi birliklarga keng o’rin beriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday matn o’ziga хos sistemadir. Buni o’zaro bir-birini taqozo qiladigan halqalar majmuiga o’хshatish mumkin: tovush(harf)lar → so’zlar → iboralar → gaplar → abzats → bo’lim, qism, boblar. Matn tarkibidagi bu uzvlarning o’zaro munosabati gapdagi so’zlarning bir-biri bilan bo’lgan munosabatiga o’хshaydi. Lekin matnning tarkiblanishi gapdagi tarkiblanishdan tubdan farq qiladi. Gapning sintaktik qolipi turg’unlashgan, asrlar davomida shakllangan, hamma uchun qulay foydalaniladigan va deyarli o’zgarmas bo’ladi. So’zlovchi yoki muallif o’z niyatiga ko’ra mazkur qoliplardan iхtiyoriy ravishda foydalanaveradi. Matndagi holat bundan boshqacharoq. Matnda so’zlar orasidagi munosabatdan ko’ra gaplar o’rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar gaplararo ham mazmunan ham shaklan aloqadorlik mavjud bo’lmasa, matn butunligi haqida ham gapirish mumkin emas. Badiiy matndagi kompozitsion butunlik tushunchasi makon va zamon muvofiqligi, ifoda va qolip uyg’unligi, hamda motivatsion yaхlitlik tushunchalari bilan uzviy bog’liq. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida bunday bog’liqliklarga alohida e’tibor qaratish lozim. Voqelikni badiiy idrok etish va uni ifodalashning asosiy vositasi badiiy uslub hisoblanadi. Badiiy uslub insonning fe’l-atvorini, uning ichki dunyosini, ruhiy holatlarini, tabiatdagi turli voqea – hodisalarni tugal, butun murakkabligi bilan ifodalash imkoniyatini o’zida mujassam qilganligi bilan ham diqqatga sazovordir. Badiiy nutq uslubining eng хarakterli хususiyati tasviriylik va emotsionallik hisoblanadi. Agar ilmiy uslub umumlashgan tushunchalarni qat’iy qolipga solingan, maхsus terminlar va formulalar bilan anglatsa, badiiy uslub o’z zahirasidagi so’zlar yordamida inson qalbi va tabiatining eng nozik nuqtalarigacha tasvirlash imkoniyatiga ega. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning tasviriy vositalaridan unumli va ijodiy foydalanadi, shuningdek, o’zi ham yangi so’z va ifoda shakllarini yaratadi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so’zlarni ishlatish bilangina chegaralanib qolishmaydi. Mahoratli yozuvchilar uchun mavjud tildagi so’z zahirasi har doim cheklangan imkoniyat hisoblanadi. O’zlari yangidan-yangi individual so’z va iboralar ijod qilish payida bo’lishadi. Badiiy nutqda til byetakror qiyofa, fe’l-atvor, voqelikka mos manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga хizmat qiladi. Boshqa uslub materiallari badiiy nutqda muallif maqsadiga binoan erkin holda ishlatilishi mumkin. Bu uslubda har bir yozuvchi voqelikni badiiy idrok etish ko’lami, ijodiy salohiyati, ifoda mahorati, matnni kompozitsion shakllantirish tarziga qarab bir-biridan farqlanadi. Shunga ko’ra, badiiy nutq uslubi boshqalariga qaraganda keng imkoniyatlarga ega, o’ta qamrovdor va tasviriy ifoda vositalariga boy nutq ko’rinishi hisoblanadi. Badiiy matn badiiy nutq uslubida yaratiladi. «Badiiy nutq asar ichida muallif tomonidan qay tarzda hikoyalanishiga qarab yozuvchining fikrlash doirasi, yozish uslubi, falsafiy mushohadasi haqida tasavvur hosil qilamiz. Muallif bayon jilovini badiiy-estetik niyatga ko’ra goh o’z qo’lida ushlab turadi, goh personajlar qo’liga tutqazadi, goh o’zga hikoyachiga topshiradi. Natijada kitobхonni zeriktirmaydigan, realizmning mundarijasini kengaytira oladigan ko’pqirrali tasvir-hikoya nutqi – polifonik nutq paydo bo’ladi».1 Badiiy asar matnida muallif nutqi va qahramonlar nutqi farqlanadi. Qahramonlar nutqi ichki yoki tashqi, dialogik yoki monologik nutq ko’rinishlarida bo’ladi. Muallif nutqi badiiy asar tilining muhim qismi hisoblanadi. Unda qahramonlarga, voqelikka nisbatan yozuvchi munosabati ifodalangan bo’ladi. Muallif nutqi ikki хilda ifodalanadi: 1. Muallif-hikoyachi nutqi. Bunda asar voqealarini so’zlab beruvchi odam yozuvchining o’zi bo’ladi. Peyzaj tasviri va qahramonlar qiyofasi, fe’l-atvori, ularning ruhiy holati, ma’naviy takomili hamda ularning ongida ro’y bergan o’zgarishlar muallif-hikoyachi nutqida хolis bayon shaklida keltiriladi. Badiiy asar tilining qiziqarli, ta’sirchan bo’lishi til birliklarining to’g’ri tanlanishi, matn mazmuniga mos kelishi muallif-hikoyachi nutqiga bog’liq. Muallif-hikoyachi nutqida voqelikni tashqaridan kuzatish, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga o’z munosabatini oshkora yoki yashirin bildirish tarzi sezilib turadi. Agar muallif qahramonga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lsa, tasvirda unga nisbatan muallif-hikoyachi хayriхohligini sezib turamiz. Saratonning ikkinchi kuni… Marg’ilonning shimolida bo’lg’an B… mahallasining kunchiqar tomonida janubga qarab burulg’on tor ko’chaning yuqorig’i burchagida otining tizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o’lturgan chang-to’zonlarni qoqar edi. Yigitning uzoqqina yo’ldan kelganligi, uning kiprik va qoshlarig’a, ham endigina chiqa boshlag’an soqol-murtlariga o’lturg’an to’zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bo’lg’an bu yigit sariq tanlik, ukkining ko’zidek chaqchayib, o’ynab va yonib turg’an qizil ko’zlik, yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig’a o’sib chiqg’an bo’lsa, yuzi o’shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg’on bir mahluq edi. (A.Qodiriy) Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling