Ingliz tili fonetikasi


Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli


Download 161.42 Kb.
bet41/47
Sana24.01.2023
Hajmi161.42 Kb.
#1115625
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017

4. Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli. Badiiy matnning tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklaming indeksini tuzib chiqish talab qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko’p qo’llanilgan, asar badiiyati uchun xarakterli bo’lgan birliklar (masalan, iboralar, sinonimlar, antonimlar yoki epitetli birikmalar, metonimiya, metaforalar bo’lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo tartibida terib
chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda faktik material vazifasini
o’taydi. Masalan, mohir so’z san'atkori Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida qo’llangan yuzdan ziyod ibora, metafora yoki metonimiyalarning indeksini quyidagi tarzda tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1 -jild. Toshkent, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1987-yil)
Iboralar:
Aftini burishtirmoq qimirlasam, biqinim sanchadi, – dedi Saidiy xuddi hozir sanchadiganday aftini burishtirib. (41 –bet)
Bo 'yniga olmoq Saidiy xayrlashib chiqdi, qishloqqa borishni bo’yniga olib
qo’ydi. (83-bet)
Dami ichiga tushmoq – Saidiy Yoqubjonning aytganini qilganida Kenjaning dami ichiga tushdi. (124-bet)
Oqizmay-tomizmay yetkazmoq – So’z o’rni kelganda, u Saidiyda zakovat belgilari ko 'rganini, bu yigit oddiy studentlardan yuqori turishini so’zlar, buni esa Munisxon oqizmay-tomizmay Saidiyga yetkazar edi. (67-bet)
Ta 'bi ochilmoq – U qishloqqa kelganida dastlab yangi muhitga o’rganolmay ko’p qiynalgan edi, ammo o’rganganidan so’ng, ta'bi ochilib ketdi. (89-bet)
Yuragi dov bermaslik – Munisxon paltosining yoqasini ko’tardi-yu, eshikdan chiqishga yuragi dov bermay, turib qoldi. (43-bet)
Uhda qilolmaslik – Shef bilan ishlab ham uhda qilolmayotirsizmi? (82-bet)
Quloq bermoq – Qiz uning so'ziga o'zi ustidan chiqarilgan hukmni tinglaganday quloq berar edi. (35-bet)
Metaforalar:
Shervachcha Assalomu alaykum, shervachcha,– dedi bir keksa tovush va bu tovushning egasidan ilgari «to’q» etib hassa kirdi.(88-bet) – Shervachcha, dedi
chol ikkala qo’lini ko’kragiga qo’yib, xirillab,– gazetaga bersalar... (89-bet)

Download 161.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling