Dori – Yo bosh og 'rig 'ini dori bilan bosaylikmi? Bir ryumka–bir ryumka... (129-bet)
Yaqinlik iplari – Bora-bora ikki oradagi Ehson tug’dirgan yaqinlik iplari uzila boshladi. (42-bet)
To’ngak – «To’ngak» biian professor o’rtasida o'tgan bu gap butun universitetga dovruq bo’idi. (43-bet)
Metonimiyalar:
Zal – Yana qarsak zalni ko’targuday bo’ldi. (94-bet) Butun zal domlaga qaradi (94-bet) Katta, mayda – U «katta» yozish uchun avval «mayda» bilan o’quvchi orttirish kerak, dedi. (136-bet)
Oshiqlar – Xususan, Kenja Saidiyning «Oshiqlar»i ochiqdan-ochiq sho’ro
hukumatining xotin-qizlar ozodligi to’g'risidagi siyosatiga zarba berish, (...) Abbosxonning o’zi tasalliga muhtoj bo’lib qoldi. (139-bet)
Fakultet – Fakultetni tashlashga o’zingizda bu qadar majburiyat sezsangiz noiloj davom etmang, chunki bu narsa fakultetdan haydalishga olib keladi. (106-bet)
Firqa – Shunda, albatta firqa ko’rsatgan yo’ldan boramiz. (94- bet)
Universitet – Universitet chaqirtirayotir. (91-bet) «To’ngak» bilan professor o'rtasida o 'tgan bu gap butun universitetga dovruq bo’ldi. (43-bet)
Shisha – Buni esa ko’proq shisha osonlashtiradi. (112-bet)
Lisoniy tahlil tiplari
Badiiy matnni tahlil qilishning tamoyil va usullari bo’lganidek, o’ziga xos tiplari
ham mavjud. Tahlilning maqsadi, yo’nalishi va qamrovini asar hajmi jihatini hisobga olib ikkiga ajratish mumkin: tematik va kompleks tahlil.
1. Tematik tahlil deganda, biror bir badiiy asarni tilning bir jihati bo’yicha va
ma’lum tamoyil, usullar bo’yicha tahlil qilish nazarda tutiladi. Tematik tahlil asosan, til sathlaridan biri bo’yicha amalgam oshiriladi. Masalan, Cho’lponning “Kecha va kunduz” nomli romanini leksik-semantik jihatdan tahlil qilamiz, deylik. Asardagi lug’aviy birliklar ( ayrim so’zlar, iboralar, maqollar, matallar, aforizmlar) ajratib olinadi. Lug'aviy birliklar asar badiyatiga qay darajada xizmat qilishi, an’anaviy yoki individual ekanligi aniqlanadi. Matn komponentlarini birikish usullari alohida o’rganiladi. Matn tiplari va uning o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |