Ingliz tili fonetikasi
Download 161.42 Kb.
|
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro’yxati
- MA’RUZA 6. BADIIY MATNNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI Reja
- Tayanch tushunchalar
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Badiiy matnda morfologik parallelizmdan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 2. Affiksal sinonimiya va affiksal omonimiya deb nimaga aytiladi? 3. Affiksal omonimiya deb nimaga aytiladi? 4.Badiiy matnda morfologik birliklarning qo’llanilishi. 5. So’z turkumlari kategoriyalari va birliklarining lingvopoetik imkoniyatlari deganda nimani tushunasiz? 6. Affiksal sinonimiyaga misol keltiring Adabiyotlar ro’yxati 1. Yo’ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili.– Toshkent:A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. 2. Yo’ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari.–Samarqand, 1999. 3. Abdurahmanov X., Mahmudov N. So’z estetikasi.– Toshkent: O’qituvchi, 2002. 4.Boboyev T., Boboyeva Z. Badiiy san’atlar. – Toshkent: TDPU, 2001. 5.Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008. 6.Yo’ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish.–Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007. 7.Mamajanov A. Tekst lingvistikasi.–Toshkent, 1999. 8.Maxmudov N. Rost va raso so’zlar. // O’zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, 1993. 15-oktyabr.– № 41-42. MA’RUZA 6. BADIIY MATNNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI Reja: 1. Badiiy matnda ekspressivlikning namoyon bo’lish shakllari. 2. Sintaktik parallelizm. 3. Emotsional va ritorik so’roq gaplar. 4. Inversiya, ellipsis, sukut. 5. Gradatsiya va antiteza. 6. Farqlash va o'xshatish. Tayanch tushunchalar: 1. Sintaktik parallelizm. 2.Emotsional gap. 3.Ritorik so’roq gap. 4.Inversiya. 5. Eilipsis. 6. Sukut. 7.Gradatsiya. 8.Antiteza. 9. Farqiash. 10. O'xshatish. Badiiy nutqning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi. Ekspressivlikning namoyon bo’lish shakllarini teran tadqiq qilgan tilshunos Adham Abdullayev “sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bog'lovchilarning maxsus qo’llanishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so’roq” kabi uslubiy figuralar «fikrnmg o’ta ta'sirchan ifodalanishi”ga xizmat qilishini ta'kidlaydi. «Badiiy tekstning lingvistik tahlili" kitobi mualliflari sintaktik figuralarning quyidagi takror asosiy ko’rinishlari mavjudligini bayon qilishadi: «anafora, epifora, antiteza, gradatsiya, ellipsis, alliteratsiya, ritorik so’roq kabilar». Bu uslubiy vositalar mavzuga aloqador bo’lgan barcha adabiyotlarda uchraydi. Biz quyidagi o’nta hodisaga to’xtalish bilan cheklanamiz: 1. Sintaktik parallelizm. 2. Emotsiyonal gap. 3.Ritorik so’roq gap. 4. Inversiya. 5. Ellipsis. 6. Sukut 7. Gradatsiya. 8. Antiteza. 9. Farqlash. 10. O’xshatish. Download 161.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling