Ingliz tili fonetikasi


Download 161.42 Kb.
bet26/47
Sana24.01.2023
Hajmi161.42 Kb.
#1115625
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi ma,ruza matni 29.08.2017

Sintaktik parallelizm. Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday qurilmalar parallelizm atamasi ostida o’rganiladi. Parallelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi) yonma-yon gaplar sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega bo’lishi. Masalan: Oshxona taraf quloq tutadi. Darvoza taraf quloq tutadi, Molxona taraf quloq tutadi. Ovoz qayerdan kelyapti - bilolmaydi (T. Murod) “Parallel birliklarning asosiy vazifasi fikrga izoh berish va eng muhimi, unga tinglovchini to’la ishontira olishdan iborat. Ular uslubiy vositalarining boyishi manbalaridan biri bo’lib, poetik nutqda ko’p qo’llanadigan, eng mahsuldor va ta'sirchan sintaktik birlik hisoblanadi». Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta'sirchanligini boyitish bilan birga ma'noni kuchaytirishga va fikrning batafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog'liq ma'lumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi. Masalan: Qo'shchi kalondimoq – kalondimoq qadam bosdi. Kibor – kibor quoch otdi. Kerma qosh - kerma qosh boqdi.(T.Murod)
Bu misolda qahramonning uch xil harakati bir xil shakllangan gaplarda ifodalangan, ya'ni, qadam bosmoq - quloch otmoq-boqmoq. Quyidagi misolda esa bir harakat bilan ma'lumotlar fondi parallel gaplarda kengayib boradi: Tom bosh adog’ilab qadamladi. Vazmin - vazmin qadamladi. Olislarga dono – dono boqib qadamladi. Yoki: Qo’shchi qo’llari ketida tag’in qadam oldi. Mag'ribga boqib qadam oldi. Mashriqqa boqib qadam oldi.(T.Murod)
Emotsional gaplar. So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsiyonal gaplar hisoblanadi. Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar (chehra, o’ktam, tabassum / turq, qo’pol, tirjaymoq kabi) mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinish, qo’rquv, g'azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan subyektiv munosabatini bilib olamiz.
Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo’yoqdor so’z va iboralar, his-tuyg'u ifodalovchi undovlar (oh, voy, sho’rim, eh, attang, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’min|ashga xizmat qiladi: Qanday yoqimli tong! To’yib-to’yib nafas olasan! Buncha fusunkor bo’lmasa bahor! Qishlog’imiz naqadar go’zal-a! (Gazetadan). Sarvarov to’ng'illadi: – Ikkinchi chiqishimda ushlashi kerak edi. Birinchi chiqishimdayoq ushlab o’tiribdi bu miyasi aynigan chol (S.Ahmad). – Tilimni qichitma jo’jaxo’roz! Aytmadimmi, kuzda qiyqiliab stolning tagiga kirib ketasan, deb... Eh-e, sening xo’roz bo’lishingga hali o’n to'rt prosent bor. Bahorda karillab hech kimga so'z bermaganding. Menga, kekkayma, deganday shama qilding-a!(A.Qahhor) Evoh, essiz umr, essiz qizim!.. Voy bechora! - dedi Gulsumbibi birdan. Sho’rlik qizga qiyin bo’libdi hammadan (Oybek).

Download 161.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling