Ingliz tili grammatikasini mustaqil o’rganuvchilar uchun ingliz tili fanidan grammatika o’quv qo’llanmasi


Download 82.47 Kb.
bet11/30
Sana05.01.2022
Hajmi82.47 Kb.
#231688
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
Open English

English knowledge – ga erishish esa juda oson siz ingliz tilini o’ganish davomida inglizcha bilimlarga avtomatik ega bo’lasiz.
Oltinchi dars – preposition of place 1

Yuqoridagi darslarda biz present situation zamon shakli bilan preposition larni uchratdik lekin chuqurroq o’rganmadik. Ushbu darsda aynan shularni o’rganamiz.

Eng asosiy prepositionlar

  1. on – ustida, yuzasida, da a book is on the table

  2. inichida, da money is in my pocket

  3. atda, yonida she is at the station

  4. undertagida cat is under the table

  5. behindortida, orqasida it is behind the car

  6. toga, tomon I am going to city

  7. beside–yonida I am besida him

  8. above– yuqorisida (tegmay turadi) the picture is above the shelf

  9. belowpastida (tegmay tursa) it is below the picture

  10. on the righto’ngda the room is on the right side

  11. on the leftchapda, chap tarafda the shop is on the left

  12. in front ofoldi tarafida, oldida car is in front of the shop

  13. in the middle –o’rtasida he is in the middle

  14. between – orasida (ikkita narsa) I am between mother and father

  15. from … to … - … dan … gacha it is far from Tashkent to Ferghana

  16. from – dan I am from Uzbekistan

  17. into – tomon, ga (ichkariga) I am going into the castle

  18. out of - … dan tashqariga I took it out of the water

  19. put … in - … ga qo’ymoq she put the money in her bag

  20. take … out of - … dan olmoq I took it out of the water

  21. put … on – ustiga qo’ymoq they pu ta notebook on the table

  22. take … off – dan olmoq please take your bags off the table

  23. fall … off – dan yiqilmoq my friend fell off the ladder

  24. upyuqorida, tepaga people like walking up the hill

  25. down – pastga go down the street please

  26. over – ustidan a horse jumped over the obstacle

  27. under – tagidan I always walk under the bridge

  28. through – bo’ylab, orqali the road goesthroughthe village

  29. round–aylanib, atrofi bo’ylab the road goes round the village

  30. around–atrofda, atrofida I travel around the town

  31. along – bo’ylab, yoqalab I like walking along the river

  32. across–nariga tomonga, orqali, ichidan he run across the street

  33. past – yonidan, oldidan they walked past me

  34. among – orasida, o’rtasida (ko’p narsa) among the people

  35. by – orqali, yonida it is by the window

  36. next to – yonida, qatorida my houise is next to the shop

  37. with – bilan I am with my friend

  38. without - … siz, bilan emas I am without you

  39. opposite – ro’parasida, qarshisida the shop is opposite the school

  40. against – qarshi tarafga, qarshi I vote against the previous presidnet

  41. including – jumladan including you

  42. excepting – dan tashqari I know all excepting you

  43. excludingtashqari, I know all excluding you

  44. after - .. dan keyin I will go after you

  45. about – haqida, to’g’risida I thing about the future

izoh: ko’rib turganingizdek prepositionlar anchagina ko’p va har birining o’z ishlatilish o’rni mavjud. keyinroqhar birini atroflicha ko’rib chiqamiz.
Yettinchi dars –present continuous tense – hozirgi davomli zamon
Yuqorida darslarda biz zamonlar ularning turlari haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo’ldik. Ushbu kitob davomida ushbu zamonlar shakllarini to’liq o’rganib chiqamiz. Biz hozirgi paytda yashab turganimiz sababli eng avvalo hozirgi zamon shakllarini va ular yozdamida gapirishni o’rganish maqsadga muvofiq.

Present continuous –davomli zamon shakli yuqorida aytilganidek har bir zamon shaklini o’rganishda uning 4 ta muhim tarafini o’rganamiz.
Ishlatilishi haqida
Present continuous 6 xil holatda ishlatiladi.

  1. Gapirilayotgan vaqtda sodir bo’layotgan ish-harakatlarni aytish uchun ishlatiladi.

  2. Gapirilayotgan vaqt atrofida sodir bo’layotgan ish-harakatlarni aytish uchun ishlatiladi.

  3. Takroriy ish seriyalari uchun ishlatiladi.

  4. O’zgarishlar va rivojlanishlarni aytish uchun ishlatiladi.

  5. Kimnidir qilayotgan ishidan shikoyat qilishda ishlatiladi.

  6. Kelasi zamon uchun rejalashtirilgan amalga oshirilishi aniq bo’lgan ish-harakatlari uchun ishlatiladi.


1-holatda bu ayni vaqtda atrofingizga nazar soling ayni vaqtda nimalar sodir bo’layotganini aytish uchun biz present continuous dan foydalanamiz. Masalan: I am speaking – men gapiryapman. He is writing -> u yozayapti. We are watching TV -> biz televizor ko’rayapmiz.

2-holatda: balki sizda gapirilayotgan vaqt atrofi degan tushuncha haqida savol paydo bo’lgandir. Vaqtnig atrofi qanaqa bo’ladi degan. Bu ozgina boshqacharoq tushuncha. Siz hozir bu qo’llanmani o’qiyapsiz shuning uchun siz ertaga ko’chada yoki o’qishda biror do’ztingiz sizndan nimalar qilyapsiz? Deb so’rashsa siz men ingliz tili o’rganyapman deb javob berasiz lekin aynan o’sha paytda qo’lingizda kitob tutib o’qiganingiz yo’q bo’ladi lekin siz o’sha paytda bo’lmasaham shu kunlarda qilayotgan ishlaringiz haqida gapiryapsiz.

3 – holatda: shu kunlarda sodir bo’layotgan takroriy va vaqtinchalik ish-harakatlarini aytishda ishlatamiz. Masalan: because of the exam, we are going to school on Sundays – imtixon sababli biz yakshanba kuni ham maktabga boryapmiz. Faqatgina imtixon tufayli ma’lum bir muddatga bo’layotgan ishlarni aytish uchun ham ishlatamiz.

4 – holatda: hozirgi kunlarda atrofimizda sodir bo’layotgan o’zgarish va rivojlanishlarni aytish uchun ham shu zamon ishlatiladi. Masalan: Our city is developing – bizning shahar rivojlanyapti.

5 – holatda: kimnidir shu kunlarda qilayotgan ishi sizga yoqmayapti buni aytish uchun ham shu zamon shaklidan foydalanamiz, masalan: you are always telling lies – siz har doim aldayapsiz. Ushbu holatda odatda always – har doim payt ravishi bilan ishlatiladi.

6 – holatda: avvaldan rejalashtirib qo’ygan kelajakda qilinishi aniq bo’lgan ishlarni aytish uchun ishlatiladi. Ushbu holat o’zbek tilida ham mavjud. Masalan siz keyingi hafta to’y qilyapmiz deyishingiz mumkin va to’y kuni aniq qilib belgilangan amalga oshishi aniq va shuning uchun siz yapmiz ya’ni birinchi shaxs ko’plik uchunishlatiladigan davom zamon qo’shimchasi qo’shiladi.

Demak ushbu zamonni o’rganish nima uchun kerakligini bilib oldik. Yuqoridagi olti xil holatdagi gaplarni tuzish uchun ishlatamiz.
Formulasi va yordamchi fe’li haqida



Zamon o’rganishda ikkinchi bosqich bu uning formulasi va yordamchi fe’lini o’rganishdir.


Download 82.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling