2.5. EGA VA KESIM MUNOSABATLARI
An’anaviy grammatik nuqtai nazardan olib qaranlganda ega va kesimning grammatik aloqasi ularning shaxs va sonda moslashuvi asosida tashkil topadi. Bunda albatta birinchi navbatda tobe aloqadan ya’ni kesimning egaga, sonda va shaxsda moslashuvidan kelib chiqib, kesim egaga tobe sananaladi.
Shunga qaramay ega va kesim munosabati ancha murakkab sanaladi, hamda moslashuv sxemasi ostida barcha tahlillarni o’tkazish imkoni yo’q. Berilgan qiyinchiliklardan kelib chiqib ancha tipik holatlarni ko’rib chiqib, tushuntirish va tahlil qilish ehtiyotini keltirib chiqaradi. Masalan:
“To see him is to worship him, to know is trust him”.
(O.Wilde)
“Seeing and doing are two entirile different things”.
(Th.Dreiser)
“Looking at the vampire is very awful”.
(Anne. Rice)
Gapning bevosita tashkil etuvchi bo’laklarga ajratish nazariyasiga asoslanib quyidagiga ega bo’lamiz:
To // see / him // is // to // worship // him.
To see him is to worship him.
Bunda ega “To see” infinitive bilan va kesim “To be” fe’li (is) bo’lib kelmoqda. Shuni ta’kidlab o’tishimiz joizki, infinitiv yoki gerundiy bilan ifodalangan egalar birlikda qo’llanadi. Buning uchun yasalagan ega bilan ifodalangan gap misolida ko’rib chiqamiz. Masalan:
“The day was hot”.
“The days were hot”
(Barhudarov L.S.)
Infinitiv yoki gerundiy bilan ifodalangan egalarda ko’pchilik shaklini ko’rmaymiz. Masalan:
“To reads are useful shaklida infinitiv bilan berilgan ega timsolini ko’rmaymiz. Xuddi mana shu prinsipdan kelib chiqib egani hokim rolida tasdiqlashimiz mumkin. Chunki infinitiv ega doimo birlik va III shaxs qo’shimchasi bilan ifodalangan kesimni talab qiladi.
Qisqa qilib aytganda egaga kesim moslashyapti va ega hokim funksiyada kelayapti.
Ammo quyida berilgan misollarda esa shaxs – son turlicha o’zgarish va istisnolarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |