Ingliz tiliga o’zbek tillarida bosh bo`laklarning ifodalanishi
Download 330 Kb.
|
INGLIZ VA O’ZBEK TILIDA BERILISHI”
I BOB YUZASIDAN XULOSA:
Ingliz tili fanida gap bo’laklarini o‘rganishda juda katta e’tibor berish kerak. Chunki chet tilini o’rganishda ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda so’z tartibinining ahamiyati va muammolarini tushuntirish, tarjima qilish, uning qanday turlari mavjud, lingvistik muammolari nimada ekanligini ko’rsatib berish va tarjimada grammatik muammolari bo’yicha qanday xulosaga kelish, bu muammolarni qanday hal eta olish nazariyalar va tasnif metodlari ingliz tilini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi. Demak, ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda grammatikaning tutgan muhim o’rnini anglatish va grammatik ko’nikmalarni shakllantirish, ularning bir tildan ikkinchi bir tilga grammatik bilim va ko’nikmalarga asoslanib, mustaqil tarjima qila olish va ishlash malakalarini rivojlantirish va shakllantirish, har bir talabaning o’z mutaxassisligiga oid bo’lgan mavzudagi matnni lug’at yordamida yoki lug’atsiz tarjima qila olishni, davlat tashkilotlari va korxonalarda ish jarayonida mavjud bo’ladigan tarjima ishlarini asliyatdan o’zbek tiliga o’girganda, qo’pol va tushunarsiz muammolarga yo’l qo’ymasligini ta’minlashdan iborat. Ingliz tili grammatikasini boshqa bilimlar bilan puxta o‘zlashtirib olsa, kelajakda chet el davlatlari bilan hamkorlik qilishda, tarjimon bo‘lishda aynan mana shu ingliz tili grammatikasi juda ham yaxshi tayanch bo‘la oladi. Shuningdek, sintaksis Sintaksis grammatikaning bir qismi bo‘lib, u so‘z birikmasi va gapni tekshiradi, uning asosi gap haqidagi ta’limotdir: gap qurish, so‘zlarni biriktirish qoidalari, gapning strukturasi, funksiyasi, qo‘llanishi, gaplarning o‘zaro munosabati va boshqalar. Kurs ishining 1-bobida o’zbek tilida gap turlari va gap tartibi haqida so’z yuritilgan. Ingliz tilida tilshunoslik fanida nutqni o’rganishda ilmiy izlanishlarga e’tibor berish lozim. Asosiy manba hisoblangan ”grammatika”dagi gapdagi so‘zlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanligi , ularning har biri gapda biror grammatik funksiyani – gap bo‘lagi vazifasini bajarib kelishi ko’rib chiqilgan. Gap bo‘laklari ikkiga – bosh bo‘laklar (ega, kesim) va ikkinchi darajali bo‘laklar (to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol)ga bo‘linishi o’rganib chiqilgan. Ingliz tilida so'z tartibi o’zbek tiliga qaraganda biroz muhimroqligi, gapdagi har bir soz'ning vazifasini ma'lum darajada mustaqil tuslanib ko'rsatilishini o’rganilgan. O’zbek tili so'zga so'z tartibi tuslanishi katta hajmdaligi sababli ingliz tilida so'zlarning deyarli tuslanishi o'zgaradi va gapdagi joylashish o'rnini bir-biriga bog'lab ko'rsatadi va ingliz tilida belgilangan so'z tartibi shakli o'zgarmaydi. Buni namunali misollar bilan yaqqol ko'rsatiladigan bo'lsak, biz gap bo'laklarini, asosan ega va to'ldiruvchining o'rnini o'zgartira olmasligimizni ko’rsatilgan. Gapdagi ega, kesim, va ikkinchi darajali gap bo’laklarining joylashuvi o’rganilgan. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling